So’nggi yangiliklar

12:25Рой Кин: "Рэшфордни тўхтатиб қолишнинг деярли имкони йўқ"  0 11:46Асилбек Алиев — ФИФА эътирофида  13 11:23Анчелотти: "Гюлерга курашларда куч етишмаяпти"  6 10:45Пролига. Бугун 4-турга старт берилади  0 10:12Винисиус «Реал»даги келажагига бир қарор келди  2 09:40«Ал Насср» африкалик футболчига 100 миллион таклиф қилишга тайёр  5 09:06«Реал»нинг икки футболчиси кеча жароҳат олди ва «Барселона»га қарши ўйнамаслиги мумкин  13 08:37Кевин Де Брюйнега АПЛнинг бешта клуби қизиқиш билдирмоқда  5 08:12Алиқулов Туркия чемпионатининг 32-тур рамзий терма жамоасидан жой олди  2 07:41Педру Морейра: "Биз мусобақа ва рақибни ҳурмат қиламиз"  0 07:10 АПЛ. "Арсенал" навбатдаги учрашувида дуранг ўйнади. "Ливерпул"нинг чемпионлигига бир очко қолди  8 03:35Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Хетафе"ни мағлуб этди  16 03:26Нодир Абдураззоқов: "Бундай ғалабани ҳеч қаердан топиб бўлмайди"  5 03:23Авазбек Ўлмасалиев: "ОКМК учун камбэк янгилик эмас, бу "Реал" каби одатий ҳолга айланган"  13 02:40"Интер" йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва Италия кубогидан чиқиб кетди  12

Akmal Tursunboev - Bruneydagi klubi, muxlislar, chempionat va orzusi ushalgani haqida Yangiliklar

Akmal Tursunboev - Bruneydagi klubi, muxlislar, chempionat va orzusi ushalgani haqida

So'nggi yillarda Janubiy SHarqiy Osiyodagi ekzotik mamlakatlarda to'p tepayotgan legionerlarimiz soni oshdi.

2022 yil "Turon" bilan Superligaga yo'llanmani qo'lga kiritgan Akmal Tursunboev bu mavsumni Bruneyning DPMM FK klubida o'tkazdi. Mazkur klub bu yil Singapur ikkinchi divizionida ishtirok etdi. Ko'pchilik uchun sirli hisoblangan mazkur klub va chempionat haqida Akmal Tursunboevning fikrlarini tingladik. 

-  Yaqinda Bruney klubida o'ynab qaytdingiz. SHaxsan men Bruneyda futbol borligiga ishonmasdim. Mamlakat juda kichkina. Bruneydagi klubingiz, chempionat haqida dastlabki fikrlaringizni bildirsangiz...

- Bunday fikr tug'ilishi tabiiy, chunki mamlakatda 400 000 aholi istiqomat qiladi. Ularning o'zining mahalliy chempionati bor. Lekin juda kuchsiz. SHuning uchun DPMM Singapur chempionatida qatnashdi. Jamoa 2019 yil Singapur chempionatida g'olib chiqqan. 

-  CHempionatda qanday yutuqli tomonlarni ko'rdingiz? Qaysi faktorlarda o'sish bor? Tashkilotchilikda farq bormi?

- Yuqorida aytganimdek, chempion bo'lgach klub o'zini kuchliroq ligada sinab ko'rishni istadi. Eshitishimga qaraganda, O'mon chempionatida ishtirok etishni ko'rib chiqishgan. Klubda xorijlik murabbiy faoliyat olib boradi. Har yili klub oldiga yuqori maqsadlar qo'yiladi. 

- Bunday ekzotik mamlakatlarga futbolchilarni jalb qilish qanday bo'lyapti? 

- DPMM klubida har bir poziciyada 4 nafardan futbolchi bor edi. Bu klubga o'tish qarorini qabul qilish oson bo'lmadi. Bruney shahzodasining shaxsan o'zi har bir mashg'ulotni ko'rish uchun tashrif buyurardi. Uning o'zi ham bolaligida futbol o'ynagan. Futbolni yaxshi ko'radi. Men qaerga borayotganimni bilardim. 

- Muxlislar bilan ishlash qanday yo'lga qo'yilgan?

- U erda muxlislar futbolning ashaddiy ishqibozlari hisoblanishadi. Bruneyda stadionlar tomoshabinlar bilan to'ladi. Lekin stadion tayyor bo'lmagach, barcha o'yinlarni Singapurda o'tkazdi. Fan klublar, ko'plab muxlislar keladi. 

- DPMM jamoasining angliyalik murabbiyi bilan ishlash boshqacha bo'lgan bo'lsa kerak?

- Ha, u murabbiy va shaxs sifatida ajoyib taassurot qoldirdi. Kuchli uslubga ega mutaxassis. Kuch va chidamlilikka ko'proq etibor beradi. Bizga qarshi o'ynagan jamoalarga qarab taktika tanlaydi. Men o'zimni legioner sifatida sinab ko'rishni istadim. SHunday bo'ldiki, tavakkal qilishga majbur bo'ldim. Orzuimni amalga oshirdim, deya olaman.

- Keyingi rejalaringiz qanday?

- Hozirda erkin agentman.Faoliyatimni O'zbekistonda yoki xorijda davom ettirishim tez orada aniq bo'ladi. Ayni payt takliflarni ko'rib chiqmoqdaman. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика