So’nggi yangiliklar

01:00Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида йирик ҳисобда мағлуб этди, Роналдудан хет-трик! Рақиб сафида Ал Бухорий ўйнади  4 00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  0 00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  5 23:45А Серия. Чемпион "Интер" "Сассуоло" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  2 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  26 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  82 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  5 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  8 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  5 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2 21:16Ла Лига. "Реал" ўз уйида йирик ғалабага эришди  11

Akmal Tursunboev: “Andijon”ning quyi ligaga tushib ketishida barchaning aybi bor” Yangiliklar

Akmal Tursunboev: “Andijon”ning quyi ligaga tushib ketishida barchaning aybi bor”

Toshkentning “Paxtakor” futbol akademiyasida tahsil olgan Akmal Tursunboev bu yil Andijonning “Andijon” klubida oliy ligada debyut qildi.

Afsuski, Tursunboevning elitadagi ishtiroki biroz omadsiz chiqdi. “Andijon” quyi ligaga ravona bo'ldi. SHunday bo'lsada Akmalga Toshkentning “Obod” klubidan taklif bo'ldi va u qishki yig'in mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Tomonlar kelisha olmagan ko'rinadi, Tursunboev Namanganning “Navbahor” tarkibiga borib qo'shildi. Biz posbon bilan uchrashib faoliyati haqida intervyu oldik.



-  Akmal o'tgan mavsumda siz “Andijon” tarkibida oliy ligada debyut qildingiz. “Andijon” klubi uchun o'tgan mavsum omadsiz keldi va birinchi ligaga ravona bo'ldi. 2016 yilgi mavsum siz uchun qanday o'tdi?
-  O'tgan mavsum oliy ligada debyut qildim. Men uchun bu g'alaba desam ham bo'ladi. Afsuski, klub bilan kerakli bo'lgan natijani qo'lga kirita olmadik. Oldimizga qo'ygan maqsadimizga erisha olmadik. Balki qaerdadir xato bo'lgandir. Yangi mavsumda ushbu xatolarni takrorlamasdan faqat g'alaba ishtilish kerak. Har bir jamoada qaerdadir omadsizlik qaerdadir omadli ishtirok etadi. Biz qaerdadir yaxshiroq harakat qilmagandirmiz. SHuning uchun ham g'alaba qozonish kerak bo'lgan imkoniyatni qo'ldan chiqardik. G'alaba qozonish kerak yoki durang natija qayd etishimiz kerak bo'lgan imkoniyatdan foydalana ololmadik. Ikkinchi davrada biz “Paxtakor” klubi ustidan g'alaba qozonib o'zimiz uchun kerakli bo'lgan ochkoni qo'lga kiritgandik. SHundan so'ng “Lokomotiv” va “Qo'qon-1912” jamoalariga qarshi omadsiz o'yin o'tkazdik. Vodiy derbisida “Neftchi” klubi ustidan g'alabaga erishdik. Keyin nimadir sodir bo'ldida bizdan omad yuz o'girdi. Mavsum oxirlab qolganida vaziyat biz uchun og'ir bo'layotganini tushundik va kerakli bo'lgan ochkolarni jamg'arishni haqida o'yladik. So'nggi 5-6 olti turda ochko jamg'arishni boshladik. Afsuski, bu ham bizga yordam bermadi. Birinchi va ikkinchi davradagi jamoamiz tarkibiga etibor bersangiz, bizda juda ham kuchli tarkib bor edi. Biz ushbu tarkib bilan kuchli o'nlikdan joy olishimiz kerak edi. Birinchi davrani omadsiz yakunlaganimizni takidlab o'tishim kerak. Muxlislarimiz bizdan faqat g'alaba qozonishimizni kutgandi. Bizni so'nggi daqiqagacha qo'llab-quvvatlab turishgani uchun ularga katta rahmat aytaman.

-  “Andijon” jamoasining birinchi ligaga ravona bo'lishiga nima sabab bo'ldi, murabbiylarmi yoki futbolchilar?

-  Birinchi davrada jamoani Baxtiyor Ashurmatov boshqardi. Ikkinchi davrada esa Vitaliy Legay o'yinlarga bizni tayyorlab bordi. Menimcha bunga butun jamoa aybdor. Men kimnidir aybdor qilib ko'rsatmoqchi emasman. Hamma bir ishni qildi. Lekin ushbu vazifani bajara olmadimi, bunda hammani aybi bor.


-  Siz uchun o'tgan mavsumdagi eng yaxshi va eng yomon o'yin qaysiligini ayta olasizmi?
-  Birinchi davrada safarda “Buxoro” klubiga qarshi uchrashuv men uchun juda ham omadsiz bo'ldi. O'sha uchrashuvda 5ta gol o'tkazib yuborish men uchun sharmandalik bo'ldi. Albatta, bu futbol ekanligini yaxshi tushunaman. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Lekin bunday vaziyat men uchun sharmandalik. SHunday bo'lish kerak ekan shunday bo'ldi. Eng asosiysi o'z ustimda ishlashda davom etishim kerak. Eng yaxshi o'yinimga to'xtaladigan bo'lsak, ikkitasini aytib o'tishim mumkin. Birinchisi O'zbekiston kubogida Qarshining “Nasaf” jamoasi va Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga qarshi o'yin. Bu men uchun joriy mavsumdagi eng yaxshi o'yinlar bo'ldi. Boya aytib o'tganimdek o'z ustimda ishlashdan to'xtamasligim kerak.

-  Darvozabonlar gol o'tkazib yuborsa tushkun holatga tushib qoladi. Siz o'z darvozangizdan gol o'tkazib yuborsangiz mana shunday holatdan qanday chiqib ketasiz?

-  Bunday holat ko'pchilikda bo'lsa kerak. Qaerdadir ishonsiz yana qaerdadir omadsiz o'ynash mumkin. Darvozabon o'z darvozasidan birinchi golni o'tkazib yuborgani bilan hammasi to'xtab qolmaydi. O'yin davom etadi. Xatoga yo'l qo'ygandan keyin uni darhol unutish kerak. O'yindan so'ng yo'l qo'ygan xatoni eslab uni tahlil qilish mumkin. Hech qachon o'yin vaqtida bunday xatolarni tahlil qilish kerak emas. Har qanday hisobni har qanday vaqtda o'zgartirish mumkin. Buning uchun darvozabon qolgan jamoadoshlarini ruhlantira olish kerak.

-  Joriy mavsum chempionat so'nggigacha quyi o'rindagi jamoalar orasida qiziqarli bahs kuzatildi, o'ziga yarasha intriga bo'ldi. Ilk debyut o'yiningiz siz uchun qanchalik qiziqarli o'tdi?

-  Seni jamoang quyi o'rinlarda yursa albatta bu yoqimsiz holat. Har bir uchrashuvda har bir ochko uchun kurashish kerak. SHuning uchun ham oldimizga vazifa qo'yilgandi, mana shu vazifani bajarish uchun harakat qildik. Biz bilan raqobatlashayotgan jamoalarni quvib o'tishimiz kerak edi. Raqobatchilaring senga yaqin o'rinda borayotgan jamoaga qarshi o'yin o'tkazish eng qiziqarlisi. Kerakli bo'lgan ochkoni qo'yib yubormaslik uchun har bir o'yinga yaxshi kayfiyatda borish kerak.

-  Oliy ligadagi debyut o'yiningiz omadsiz keldi deb ayta olasizmi?

-  Bunday deb o'ylamayman. CHunki har bir futbolchi uchun ilk debyut shaxsiy yutug'i bo'ladi. Agarda umumiy oladigan bo'lsak butun jamoaning mag'lubiyati. Kuchli va tajribali futbolchilar jamlangan jamoa birinchi ligaga ravona bo'ldi. Bu futbol. Futbolda har narsa bo'lishi mumkin.


-  “Andijon” jamoasidan ketganingizdan so'ng qishki yig'inda “Obod” jamoasi yig'inida edingiz. Lekin hozir “Navbahor” klubida mashg'ulotlarda ishtirok etyapsiz. “Obod”ni tark etishingizga nima sabab bo'ldi?
-  “Obod” jamoasida yaxshi futbolchilar va kuchli murabbiy bor. Men ular bilan yig'inda ishtirok etib menga nima taklif qilishlarini bilmoqchi edim. Ushbu jamoa bazasini tark etishimning birinchi sababi, biz kelisha olmadik. Bu moliyaviy tomondan emas, balki shartnoma bilan bog'liq. Futbolchilar bilan shartnomani uzaytirishi bo'yicha ularning o'zlarini principi bor ekan. “Obod” rahbariyati men bilan bir yildan ko'proq muddatga shartnoma taklif qildi. Men esa ularga bir yillik shartnomaga imzo chekish taklifimni aytdim. Ular meni eshitishdi men ham ularni eshitdim. Vazifat shunday tus oldiki, ularga qo'ng'iroq qilib meni jamoaning yig'iniga taklif qilishgani uchun minnatdorchilik bildirdim. Menga Namanganning “Navbahor” jamoasidan taklif bo'ldi. Hozir ushbu jamoa yig'inlarida ishtirok etyapman. O'zimni yaxshi tomonlarimni ko'rsatishga harakat qilaman. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

-  “Obod” jamoasi bilan nima uchun 2 yillik shartnomaga imzo chekmadingiz. Jamoaning keyingi yil quyi ligaga tushib ketadi deb o'yladingizmi?

-  Gap bunda emas. Bir jamoa futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzolasa, mavsumning yarmida o'sha futbolchi boshqa jamoaga bemalol o'tishi mumkin. Agar futbolchi jamoa raxbariyati bilan yoki jamoa rahbariyati futbolchi bilan kelisha olmasa, futbolchi jamoaga moslasha olmasa mavsum yarmidan bemalol boshqa klubga ko'chib o'tishi mumkin. Men uchun ham maqul vaqt bir yil deb o'ylayman. Keyin qolganini o'ylab olish mumkin.

-  “Navbahor” jamoasidan tashqari sizga boshqa klublardan takliflar bo'ldimi?

-  Menga qiziqqan jamoalar rahbariyati bilan gaplashdim. Lekin ular orasidan Namangan klubini tanladim. Qaysi klublardan taklif bo'lgani hozircha sir bo'la qolsin. Ular orasida Toshkent klublari yo'q. “Navbahor” klubi rahbariyati bilan jiddiy gaplashib olganim yo'q. Biroz vaqtdan so'ng ularning o'zlari bu haqida aytishadi. “Navbahor” bilan mashg'ulotlarda ishtirok etyapman. Kuni kecha “Olmaliq” jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdik va kichik hisobda g'alaba qozondik. Tajribali mutaxassislar bizlarga mashg'ulotlar o'tkazmoqda. Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rilmoqda.

-  Agarda sizga kuchli klublarimizdan taklif bo'lsa, o'sha taklif bo'lsa o'sha jamoaga o'tarmidingiz. Lekin ularda kuchli va mahoratli darvozabonlar bor. Ular bilan raqobatlashishdan qo'rqasizmi?

-  O'zbekiston chempionatida etakchi darvozabonlar orasida bo'lish juda ham qiziqarli. Men ular orasida o'zimni kuchli va super darvozabon deb ayta olmayman. Etakchi klublarning darvozabonlari bilan birga ishlab, ular bilan raqobatlashsa ko'proq o'sishga erishadi. Eng asosiysi qo'rqish kerak emas. Men raqobatdan qo'rqmayman, balki juda ham qiziqarli bo'ladi. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi, deb bejizga aytishmagan. Sendan yaxshi darvozabon bilan raqobatlashsang sen undan yomon emas ekanligingni ko'rsatishga harakat qilasan. SHunda tezroq o'sishga erishasan.



-  Bilamizki siz yoshlar terma jamoasida ham ishtirok etgansiz. Lekin o'tgan yili Qatar davlatida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida terma jamoaga chaqirilmadingiz. Bu nima bilan bog'liq, deb o'ylaysiz?
-  Bir qator xalqaro musobaqalarda yoshlar terma jamoasi tarkibida ishtirok etganman. Lekin Olimpiya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatiga nima sababdan chaqirishmaganini bilaman. O'shanda menda o'yin amaliyoti kam bo'lgan edi. Men buni to'g'ri qabul qilaman. Nima bo'lganda ham menda o'yin amaliyoti yo'q edi. Abdumavlon Abdujalilov menga qaraganda “Neftchi” tarkibida ko'proq o'yin o'tkazgan edi. Men esa “Paxtakor” o'rinbosarlari tarkibida juda ham kam o'yin o'tkazgandim. SHuning uchun ham ushbu musobaqadan chetda qolgandim.

 Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика