Akmal Tursunboev “Buxoro” jamoasida

Narzulla Saydullayev
13 fev 2017, 17:03
Tajribali darvozabon Akmal Tursunboev o'tgan yili Andijonning “Andijon” klubida oliy ligadagi debyut qilgandi.

Afsuski “Andijon” jamoasi elitada eng so'nggi pog'onani egallab birinchi ligaga ravona bo'ldi. Shundan so'ng, Tursunboev qishki yig'inda Namanganning “Navbahor” va Olmaliqning “Olmaliq” jamoalari ko'rigida bo'ldi. Akmal ushbu klublarda ham qo'nim topa olmagach ayni damda Buxoroning “Buxoro” klubi bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Yosh darvozabon “Buxoro” jamoasiga erkin agent sifatida borib qo'shilgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia