Akmal SHorahmedov: “Oldimizda yana bir muhim uchrashuv kutib turibdi”
13 avg 2017 14:25
Yangiliklar
Akmal SHorahmedov: “Oldimizda yana bir muhim uchrashuv kutib turibdi”
-Muhim uchrashuvda mag'lubiyatga uchraganimizdan afsusdaman. Menimcha jamoadoshlarim keyingi o'yin haqida ko'proq o'ylab yuborishdi (“Nasaf” 18-turda “Bunyodkor” bilan bellashadi - izoh muallifniki). Bugun bizga kurashuvchanlik ruh etishmadi. Raqib jamoa bizga nisbatan bu borada ustunlik qildi. Bu kamchiligimiz ketma-ket takrorlanayapti, yani safardagi o'yinlarni sust o'tkazayapmiz. Endi bunga chek qo'yish kerak. To'g'risi, muxlislarimizni tushunib turibman, ular vaqtlarini ayamasdan, uzoq masofa yo'l bosib, biz bilan birga bo'lishdi. Buni qadriga etishimiz kerak. CHempionatda oddiy o'yinlar bo'lmaydi. Har bir gol, har bir ochko, qo'lga kiritiladigan yakuniy natijaga katta tasir ko'rsatadi.
Oldimizda yana bir muhim uchrashuv kutib turibdi, “Bunyodkor” bilan uchrashuv. Bu uchrashuvda g'alaba qozonishimiz zarur va shart. Bizni boshqa natija qoniqtirmasligi kerak. G'alaba qozonish uchun esa har tomonlama tayyorgarlik ko'ramiz. Bu tayyorgarliklar ertadan boshlanadi. Umid qilamanki, jamoadoshlarim buni chuqur anglab turishibdi. Buni biz uddalaymiz.
Jamoamiz muxlislariga esa, kayfiyatni tushurmasdan “ajdarlar”ni har doimgidek qo'llab-quvvatlang, biz bir maqsad uchun kurashadigan – yakdil jamoamiz deb, qolaman.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar