So’nggi yangiliklar

00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  0 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  9 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  23 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  1 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0

Akmal SHorahmedov nega Superligani emas, "Neftchi"ni tanladi? Yangiliklar

Akmal SHorahmedov nega Superligani emas, "Neftchi"ni tanladi?

"Neftchi" Pro-liganing 16-turida "SHo'rtan"ni taslim qildi (1:4).

"Nasaf"ning "Ahal" bilan o'yinini yoritish uchun Qarshiga etib kelgan ijodiy jamoamiz bilan G'uzordagi bahsni ham etibordan chetda qoldirmaslikka qaror qildik. Uchrashuvdan keyin farg'onaliklar sardori Akmal SHorahmedovdan o'zimizni qiziqtirgan bir qancha savollarga javob oldik.

— O'zbekiston kubogi 1/8 finalida AGMKdan yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi...

— Asosiy etiborimiz Pro ligaga qaratilgan. Ammo olmaliqliklar bilan o'yinga beparvo edik, deyolmayman. Himoyasi kuchli AGMKga qarshi o'yinning avvalida gol o'tkazib yuborish ruhiyatimizga salbiy tasir qildi. Ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. SHu tufayli muxlislardan uzr so'raymiz.

— Bugungi raqib haqida fikringiz qanday?

— "SHo'rtan" kubokda "Qizilqum"ni qiynab qo'ydi, undan oldingi safar "Yangier"ni yutdi. Yosh bo'lsa ham, yaxshi jamoa shakllangan.

— CHempionlik poygasi haqida fikringiz...

— CHempion kim bo'ladi, bilasizmi? Har doim kuchsiz raqiblar bilan o'yinda ochko yo'qotmagan jamoa chempion bo'ladi. 2-o'rindagi klubga yutqazib qo'yish mumkin, lekin autsayderlardan maksimal ochko olish kerak.

— "Neftchi" o'tgan yil Superliga yo'llanmasini "Turon"ga yutqazib qo'ygan edi. Bu yil ham Pro-liga g'olibligi uchun asosiy davogar bo'lib turibdi. Vaziyatga real qarasak, Farg'onadagi sharoitlar Superliga uchun javob beradimi?

— Men "Turon"ning yuqori divizionga chiqishi to'g'ri bo'lgan deb o'ylayman. CHunki Farg'onada infrastruktura umuman yo'q ekan. Mana, endi Xayrulla Bozorov baza qurib, stadionga ham etibor qaratyaptilar. Birinchi kelganimda Farg'onada 20 yil futbol to'xtab qolgandek tuyuldi. "Turon"ga mag'lubiyat bekorga emas ekan. CHunki yaypanliklar ancha ishlarni amalga oshirib qo'yishgan edi. "Neftchi" ham shu yo'ldan borsa, albatta, yuqori ligaga chiqadi. 

— Akmal SHorahmedov Pro-liga darajasidagi o'yinchi emas. Sizni Farg'onaga qaysi shamollar olib keldi?

— Pro-ligada o'ynashimning yagona sababi otamning betobliklari bilan bog'liq. SHu tufayli yanvar va fevral oylarida umuman mashg'ulot o'tkazmagandim. Pro-ligada mening sharoitimni tushunib, erkinlik yaratib berishdi. Ehtiyoj tug'ilgan zahoti uyimga borib kelishim mumkin. Superligadan tushgan taklifni qabul qilsam, fevral oyida jamoam bilan BAA yoki Turkiyada bo'lishim kerak edi. SHu tufayli yuqori divizionda o'ynashga imkonim bo'lmadi.

— Ertaga Farg'ona viloyati hokimi almashib qolsa, "Neftchi" loyihasi yana inqirozga uchraydimi?

— Yo'q, Xayrulla Bozorov istiqbolli loyiha tashkil qilmoqchi. Viloyatlarda futbol hokimlarga bog'lanib qolgan. Rahmatli Nuriddin Zayniev "Nasaf"ga qanday baza tashlab ketgan, to'g'rimi? Baribir kimdir sababchi bo'lishi kerak ekan. Xayrulla aka ham shu yo'lni tanladilar.

Malumot uchun, SHorahmedov o'tgan mavsumni AGMK safida o'tkazgan edi. U yangi yilni "Neftchi" tarkibida boshladi va allaqachon farg'onaliklar safida 14 ta uchrashuv o'tkazishga ulgurdi.

"Samvel Babayan Ulug'bek Mirzaevga katta futbolga yo'llanma bergandi. Endi esa..." — "Navbahor" prezidentidan munosabat

Muallif :
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика