So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Akmal SHorahmedov: ”Baydullaev va Grigalashvilining qo'shilishi jamoamiz uchun foydali bo'ldi” Yangiliklar

Akmal SHorahmedov: ”Baydullaev va Grigalashvilining qo'shilishi jamoamiz uchun foydali bo'ldi”

Superliganing 22-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” va AGMK klublari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mehmon jamoa etakchisi va sardori Akmal SHorahmedov o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Dastlab “Bunyodkor” jamoasiga qarshi kechgan bellashuv haqida...
- Bahs ikki jamoa uchun ham muhim ahamiyat kasb etardi. Boisi, raqibimiz sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritish uchun itilyapti. Biz esa, havfli zonaga tushib qolmaslik uchun harakat qilmoqdamiz. Superligani munosi tarzda yakunlashni maqsad qilganmiz.

- Raqib kuchsiz o'yin namoyish etdi deb o'ylaysizmi?
“Bunyodkor” kuchsizlangan demagan bo'lardim, mavsum yakuni arafasida turnir jadvaliga tasir qiluvchi ochkolar jamg'arilishi sabab barcha jon-jahdi bilan ochko ishlash uchun kurashadi. Bunday paytda natija birinchi darajaga chiqadi. Mavsum boshiga qaraganda, jamoalarda pasayish kuzatiladi, o'yini u qadar chiqmasligi ham mumkin.

- Davralar oralig'idagi tanaffusda jamoaga qo'shilgan yangi futbolchilar natijalarga ne chog'lik tasir o'tkazyapti?
- Birinchi davrada o'rta chizig'imizda ayrim muammolar kuzatildi. Elguja Grigalashvili va Erkin Baydullaev orqali markazdagi bo'shliq yopildi. Grigalashvilining asosiy ustunligi o'yinni o'z qo'liga oladi, shuningdek Jasur Yaxshiboev ham masuliyatni bo'yniga olishdan qochmaydi.

- Birinchi davrada bergan intervyuingizda Mirjalol Qosimov va futbolchilarga vaqt kerak degandingiz. Sizningcha jamoa murabbiyning uslubiga to'liq moslashib bo'ldimi..
- Albatta. Doim yangi jamoaga kelgan insonga oson bo'lmaydi.Ustiga-ustak oldimizda osiyo chempionlar ligasi, pley-off uchrashuvlari turgani uchun jamoa tez fursatda tuzildi. Futbolchilar bir- birlari bilan o'zaro chiqishib ketishi uchun vaqt zarur edi. Endi keyingi yil barini oldindan rejalashtirib, yuqori vazifalarni qo'ygan holda ishtrok etamiz.

- Milliy terma jamoamizning ohirgi ikki uchrashuvdagi g'alabasini aldamchi desak o'rinli bo'ladimi? CHunki oldinda bizni osiyo grandlariga qarshi bahslar kutib turibdi...
- Yaman va Singapurga to'rt, beshta gol urishimizni oldindan tahmin qilgandim. Ular bizning darajamizdagi raqiblar emas. Ularni mag'lub etish biz uchun oddiy holat bo'lishi lozim. Mazkur bosqichdan fikrimcha, O'zbekiston va Saudiya muammosiz o'tadi. Haqiqiy sinov keyingi raunddan boshlanadi.


Abdulaziz suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика