Akmal SHorahmedov: "Al Fateh" bilan o'yin oson bo'lmaydi"
31 jan 2017 22:05
Yangiliklar
Akmal SHorahmedov: "Al Fateh" bilan o'yin oson bo'lmaydi"
"Bugungi o'yin yilning birinchi o'yini bo'lgani uchun juda muhim edi. Murabbiylar o'yinga ruhan tayyorlanish muhim ekanligini aytishdi. Sababi "Nasaf" baribir safarda o'ynagandek tuyuldi. Stadionda kecha mashg'ulot o'tkazdik va bugun o'yin o'tkazdik.
O'z o'yinimdan qoniqdim. Lekin baribir undan ham yaxshiroq o'ynashim kerak. Ro'ziqul Berdiev kuchli murabbiy.
"Nasaf"da jamoaviy o'yin birinchi o'rinda turadi. Balki boshqa klublarda mahoratli futbolchilar bordir, "Nasaf"ning kuchi jamoaviy o'yinda ekan.
"Al Fateh" bilan oldin "Bunyodkor" safida o'ynagandim. Bu klubning kuchli legionerlari bor. Himoyada yaxshi o'ynab imkoniyatlardan foydalanishga urinamiz. Oson o'yin bo'lmasligi aniq", - deydi Akmal SHorahmedov.
Jahongir Sotvoldiev

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar