So’nggi yangiliklar

19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   9 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  8 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0

Akmal Saitqulov: "Asror Aliqulov tez kunlarda jamoamizga qaytadi" Yangiliklar

Akmal Saitqulov: "Asror Aliqulov tez kunlarda jamoamizga qaytadi"

O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining 1-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Akmal Saitqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Bugun jamoamiz hujumda yaxshi o'yin namoyish etdi deb ayta olaman. Bizda qizil kartochka va jarohatlar tufayli yo'qotishlar bor edi. SHu sabab bugungi o'yin davomida 4 nafar himoyachi bilan harakat qildik. Bugungi g'alabada Asror CHorievichning xizmatlari katta, u kishi davolanayotgani sabab bugun biz bilan emas edi. "Neftchi"ga qarshi o'yinda qarshi qo'llagan qarshi hujum uslubimiz ish berdi.

- "SHo'rtan"dan taqiqni olib tashlangani jamoa ruhiyatiga qanday tasir qildi?


- Albatta jamoamiz qiyin vaziyatda etdi. Bunga klubimiz rahbariyati qarab turishmadi, muammoning echimi ustida ishlab bartaraf etilishishiga astoydil yondashishdi. Biz ham bu haqida eshitdik, yigitlar shundan ilhomlanib qo'rqmasdan oldinga borishdi. Natijada bugun mavsumdagi ilk g'alabamizni qo'lga kiritdik. Rahbariyatga jamoamiz nomidan rahmat aytamiz.

- Asror Aliqulov qachon murabbiylik kursisiga qaytadi?


- Asror CHorievich nasib bo'lsa bir hafta, uzog'i bilan 10 kun ichida jamoamizga qaytadi.

- Jamoaga 10 nafar atrofida futbolchilar jalb etiladi deb eshitdik. Bu malumot qanchalik to'g'ri? Bundan tashqari "Istiqlol" va "Nasaf"dan futbolchilar jalb etilishi mumkin ekan...


- To'g'ri, taqiqni olib tashlanganidan so'ng biz jamoaga bir qator futbolchilarni jalb etishni reja qilganmiz. Hozirda Pro-ligani tark etgan "Istiqlol" jamoasidan tarkibimizga jalb etmoqchi bo'lgan futbolchilar bor. Bundan tashqari "Nasaf" akademiyasidan ham bir nechta futbolchilarni jamoamizga chaqirishni reja qilganmiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика