So’nggi yangiliklar

00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  1 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нучтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  4 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  18 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  4 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3

Akmal Saitqulov: "Asror Aliqulov jamoamizni tark etgani yo'q" Yangiliklar

Akmal Saitqulov: "Asror Aliqulov jamoamizni tark etgani yo'q"

Pro-liganing 7-turi doirasida "Neftchi" - "SHo'rtan" (2:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi. Mazkur o'yin yakunida mehmonlar murabbiyi Akmal Saitqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Avvalambor "Neftchi" jamoasini va muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Ular Superligaga chiqishga loyiq jamoa tuzishgan, tarkibida bir qator legionerlar bor. Tarkibimizda yosh futbolchilar bo'lishiga qaramasdan bugun kuchli raqibga munosib qarshilik ko'rsatdik deb o'ylayman. Himoyada yo'l qo'yilgan ayrim xatolar evaziga gol o'tkazib yubordik. Futbolchilarimizda ozroq malaka etishmayapti.


- Bugun jamoangiz kuchli raqibga qarshi tartibli himoyalangan xolda qarshi hujumda urg'u qaratdi. Oldingi chiziqda jamoa hujumchisi Bekzod Suvonov yolg'izlanib qolgandek ko'rindi...

- To'g'ri aytdingiz, haqiqatdan ham hujumchimiz Bekzod Suvonov oldinda yolg'izlanib qoldi. Biz bugun himoyaviy o'yin tashkil etdik. Oldingi chiziqqa Bekzod Suvonovni chiqarib tezkor qarshi hujumlarga o'tib ketishni maqsad qilgandik. Lekin hujumda bizga ozgina kuch etishmadi. O'yinni kuchaytirish uchun zaxira o'rindig'imiz tor. SHunda bo'lsa ham yigitlar qanotlarda faollik namoyish etishdi.


- Jamoa oldidagi taqiq olib tashlangan bo'lsa ham hozircha transferlarga rasmiy ruxsat berilgani yo'q. Birinchi davra yakuniga qadar sizlarning etiboringizdagi futbolchilar boshqa jamoalarga ketib qolishi ehtimoli bor. SHu vaziyatga qanday izoh berasiz?

- Hozirda bu borada klub rahbariyati va murabbiylar shtabi ish olib bormoqda. Ko'z ostiga olingan futbolchilar bor, lekin ularni zayavka qila olganimizcha yo'q. Jamoada hujumkor va qanotlarda faollik namoyish etadigan futbolchilar kam. SHu sabab biz hujumkor yoshlarni tarkibga qo'shib olishni maqsad qilganmiz. Transfer oynasi ochilsa hozirda biz bilan birga mashg'ulotlar o'tkazayotgan futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazamiz.


- Kun tartibidagi savol.  Asror Aliqulov jamoani tark etganmi yoki qaytadimi?

- Asror Aliqulov jamoamizni tark etgani yo'q. U ayni damda davolanish kurslarini olib bormoqda. SHuningdek yaqinda PRO liceziyasiga o'qishlar boshlanadi, shunga tayyorgarlik ko'rmoqda. Asror Aliqulov jamoamiz murabbiylar shtabi bilan birga va bizga muntazam o'z ko'rsatmalari bilan yordam berib kelmoqda.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика