So’nggi yangiliklar

23:38Конате “Реал”га ўтадими?  1 22:39Ўртоқлик ўйинлари. “Хоразм”, “Нефтчи”, “Сурхон”, “Бухоро” ва “Қизилқум” Анталияда хориж клублари билан ўйинлар ўтказишди  0 22:12Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  41 22:07АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" рақибларига 3 тадан гол урди, "Астон Вилла" эса яна очко йўқотди  4 21:27Ўртоқлик ўйини. “Пахтакор” “Қайрат” билан дуранг ўйнади  4 21:03Ўртоқлик ўйини. “Локомотив” Чехия жамоаси билан дуранг ўйнади  3 20:30БАА Про лигаси. Ўзбек дербисида Абдуллаев жамоаси Шукуров ўйнаётган "Бани Яс"ни мағлуб этди  0 20:10Футзал бўйича Осиё кубоги финали. Эрон пенальтилар сериясида Индонезияни мағлуб этиб, 14-бор бош совринни қўлга киритди  15 19:26АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  45 18:50Ўртоқлик ўйини. “Ғазалкент” Россия жамоасини мағлуб этди  3 18:34"Челси" форварди "Вильярреал"га ўтиши мумкин  0 18:10"Манчестер Юнайтед" Луис Энрикега мурожаат қилди. Испаниялик ўз жавобини берди  9 16:53"Барселона" Суперлигани тарк этганини эълон қилди. Лойиҳада фақат "Реал" қолди  34 15:56"Олимпик" Пролига иштирокчилари орасида йўқ, футболчи ва ходимлар 2025 йилнинг май ойидан бери маош олишмаган  7 15:49Ўртоқлик ўйини. “Бухоро” Россия жамоаси билан дуранг ўйнади  3

Akmal Rahimov: “Yig'in yaxshi o'tdi” Yangiliklar

Akmal Rahimov: “Yig'in yaxshi o'tdi”

O'tgan hafta birinchi va oliy liga hakamlari uchun qisqa muddatli yig'in tashkil etildi.
Unda referilar bir qator testlar topshirdi. Mazkur yig'in jarayonida bevosita ishtirok etgan andijonlik Akmal Rahimov “SA”ga bergan intervyusida o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

- 3 fevraldan to 8 fevralga qadar tashkil etilgan hakamlar yig'ini har doimgidek yaxshi o'tdi. Biz “CHig'atoy”dagi qarorgohga joylashdik. Mashg'ulotlar ham asosan shu erda o'tkazildi. Dastlab tibbiy ko'rik bo'ldi. Hakamlar departamenti bo'limi referilarni 4 guruhga ajratdi. Yani har bir guruhga 30 nafardan referilarni jalb etib, ular uchun 5-6 kunlik seminar o'tkaziladi. SHuning uchun guruhda oliy va birinchi liga toifadagi hakamlar ham aralash bo'lgan xolda ishtirok etishdi.

- Yig'inga Aleksandr Popov bilan Arslon Hotamov boshchilik qildi. Aynan ular bizning xato va kamchiliklarimizni aytib, ularni bartaraf etish uchun kerakli maslahatlarni berdi. Seminarda nazariy va amaliy test topshirdik. SHaxsan men Toshkentda ikkita o'yinni boshqardim. Dastlab “Qizilqum” - “Olmaliq” (1:5) va keyinroq “Mashal” – “Navbahor” (2:0) bahsini.

- Yurtimizda qalin qor yoqqani tufayli fitnes testlarni yopiq manejda topshirdik. SHuningdek ikkinchi boshqargan o'yinim ham qorli maydonda kechdi.

-Mazkur yig'in 8 fevral, yakshanba kuni o'z poyoniga etdi. Endilikda har bir hakam chempionat startiga qadar o'zi yakka tartibda mashg'ulot o'tkazib, tayyorgarlik ko'radi.

- Bu yil oliy liga o'yinlarini ham boshqaramanmi? To'g'risini aytganda, buni hakamlar departamenti bo'limi hal qiladi. Nasib qilsa bu yil shunday niyat yo'q emas.

Islombek RUSTAMBEKOV yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика