Akmal Rahimov Ispaniyada
01 may 2016 11:07
Yangiliklar
Akmal Rahimov Ispaniyada
Gap shundaki, Barselonada bo'lib o'tadigan turnirga tashkilotchilar tomonidan Akmal Rahimovga shu yilning yanvar oyida chaqiruv qog'ozi kelgan. So'ngra O'zbekiston futbol Federaciyasiga bu borada ispaniyaliklar murojaat qilgan. Hakamlar departamenti bo'limining boshlig'i Noil Lutfullin bu borada Rahimovni xabardor qilgan va xorij musobaqasiga tayyorgarlik ko'rishini bildirgan. Barselona shahrida o'tayotgan yoshlar turnirida Amerika, Gollandiya, Braziliya, Argentina, Irlandiya, Ispaniya, Angliya hamda Ukraina davlatlaridan ham jamoalar ishtirok etayotganini aytish joizdir.
Mazkur musobaqadagi o'yinlarni hamyurtimiz Akmal Rahimov ham boshqarib boradigan bo'ldi. Turnir 30 aprel kuni start olgan. Andijonlik hakam Ispaniyada o'n bir kun bo'ladi.
Fikrlar