So’nggi yangiliklar

23:31Жон Дуран "Ал Насср"дан кетиши мумкин  0 23:13"Арсенал"нинг таклифи "Спортинг"га маъқул келмади  1 22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  1 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  2 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  10 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  2 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  8 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  6 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  41 17:45Бошкович бир неча бор жаримага тортилди, Дориев, Зотеев ва Одиловга интизомий чора кўрилди — Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари  9

Akmal Bozorov: Dinamo oliy ligaga chiqdi, deyishga hali erta Yangiliklar

Akmal Bozorov: Dinamo oliy ligaga chiqdi, deyishga hali erta

Teglar :  DinamoAkmal Bozorov
Dinamo - Orol (6:1) uchrashuvida o'yinning eng faol o'yinchilaridan biri bo'lgan samarqandliklar sardori Akmal Bozorov himoyachi bo'lishiga qaramay, shu kuni hujumkor to'p surib, ajoyib golga mualliflik qildi.

O'yindan keyin jamoa sardori klub rasmiy saytiga o'yin borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Orol jamoasi so'nggi ikki o'yinda raqiblar darvozasiga 14 ta gol urganidan xabarimiz bor edi. Bu raqibga qarshi himoyada ishonchli o'ynab, hujumda samaraliroq to'p surishimiz talab etilardi. O'ylaymanki, o'yinda kiritgan tezkor golimiz yirik hisobdagi g'alabamiz uchun katta yordam berdi - deya gap boshladi Akmal Bozorov.

- 6:1 hisobidagi g'alaba bilan yakunlangan o'yinni Dinamoning joriy yildagi eng chiroyli o'yini desa bo'ladimi?


- Butun jamoamiz murabbiylar ko'rsatmasini to'g'ri bajarishga intildi. CHindanam eng yaxshi o'yinlarimizdan birini ko'rsatdik deb o'ylayman. Qolgan o'yinlarda ham mana shu tempni saqlagan holda to'p sursak, maqsadimizga etishamiz.

- Dinamoning g'alabali seriyasi 23 o'yinga etdi. Jamoa 70 ochko jamg'arib, yaqin taqibchisini 8 ochkoga ortda qoldirmoqda. Qolaversa, zaxirada yana bitta o'yin bor. SHundan kelib chiqib, Dinamo Oliy Liga masalasini amalda hal etdi, desa bo'ladimi?

- Bu fikrga qo'shilmagan bo'lardim. Dinamo Oliy Ligaga chiqdi deyishga hali erta. CHunki oldinda yana 7 ta o'yin bor. Ushbu bahslar asosiy raqobatchilarimizga qarshi o'tadi. SHunday ekan, ayni damdagi 8 ochkolik farq unchalik katta emas, deb o'ylayman. Qolgan bahslarda ham hushyorlikni yo'qotmay, faqat g'alaba uchun to'p surishda davom etishimiz shart. Muxlislarlarimiz doimgidek qo'llab-quvvatlab turishsa, Dinamo bilan yana Oliy Ligaga qaytamiz.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика