So’nggi yangiliklar

11:38"Ман Сити" хавбеки Эчеверри бошқа клубларга ҳам қизиқ. "Байер"даги ижара ўйин амалиёти етишмаслиги сабабли бекор қилиниши мумкин  0 11:26"Ғазалкент" футбол клуби қайтди   0 11:14Тер Штеген қишда "Барса"ни тарк этишни режалаштирмаяпти. Нега?  0 10:49А Серия президенти: "Милан" — "Комо" учрашуви Австралияда ўтказилади  0 10:32U-22 Осиё чемпионати-2013. Антирекордчи Ўзбекистон, голни нишонлашда жароҳатланган мураббий ҳамда чилим чекиш туфайли шифокорсиз қолган жамоа тўғрисида ҳикоя қиламиз   2 09:52Дания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи Оге Харейде вафот этди  0 09:00Каррагер: "Салахнинг хатти-ҳаракати ҳақиқий шармандалик эди"  5 08:37Ўзбекистон U-17 терма жамоаси сардори "Нефтчи"га ўтди  11 08:00Бруну Фернандеш: "Менда иккита яхши таклиф бор эди"  3 07:30Невеш АПЛга қайтиши мумкин  1 06:36Мундиал тарихи. Пора эвазига иштирокчи бўлган чемпион, Фаластин номидан қатнашган Исроил ҳамда фашизм тарғиботига айланган турнир ҳақида ҳикоя қиламиз  2 02:59Конференциялар лигаси. "Фиорентина" ютқазди, "Пэлас"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 01:58"Наполи" Италия Суперкубоги финалида!  3 01:29Бастони "Барселона"нинг қизиқишлари ҳақида гапирди  1 00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  1

Akmal Abdurahmonov: "Birinchi davrada 10ta gol urishga Davron Fayziev bilan garov o'ynadim" Yangiliklar

Akmal Abdurahmonov: "Birinchi davrada 10ta gol urishga Davron Fayziev bilan garov o'ynadim"

V PRO-Liga 5-turidan o'rin olgan "Zarangari" - "Ittifoq-Navoiy" 2:3 uchrashuvidan so'ng, mehmonlar safida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Akmal Abdurahmonov saytimizga intervyu berdi.

Bugungi o'yinda g'alaba uchun maydonga tushgandik. Raqibimiz "Zarangari" yaxshi shakllangan jamoa, ularni safarda mag'lub etish oson bo'lmasligini bilardik. SHundan kelib chiqqan holda ushbu uchrashuvga tayyorgarlik ko'rgandik, o'ylagan rejalarimiz amalga oshdi, guvohi bo'lganingizdek, g'alaba qozonishni uddasidan chiqdik.
Birinchi davrada 10ta gol uraman deb maqsad qilganman. Bu borada "Dinamo" jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziev bilan garov o'ynaganman. Nasib qilsa birinchi davra yakuniga qadar gollarim sonini 10taga etkazish niyatidaman.

O'zim asli Surxandaryo viloyatidanman. Futbolchilik faoliyatimni dastlab Denov tumanining "CHag'aniyon" jamoasida boshlaganman. Keyinchalik "Surxon", "Mashal", "So'g'diyona", "Norin" jamoalarida o'ynadim. 2019 yilning boshida hozirda jamoamiz sardori Sarvar Xolmatovning taklifiga ko'ra "Ittifoq-Navoiy" jamoasi safiga qo'shildim.

Jamoamiz oldiga bu yilgi mavsumda A PRO-Ligaga yo'llanmani qo'lga kiritish, O'zbekiston kubogi uchrashuvlarida munosib ishtirok etishdan iborat. "Ittifoq-Navoiy" futbol klubi rahbariyati tomonidan bizga etarlicha sharoitlar yaratib berilmoqda. SHuningdek klubimiz bazasi va jamoamizning uy uchrashuvlari o'tkaziladigan zamonaviy stadionni barpo etish bo'yicha tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan. Nasib etsa, kelajakda "Ittifoq-Navoiy" jamoasini Superligaga olib chiqmoqchimiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика