So’nggi yangiliklar

00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  0 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  0 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  0 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  0 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  0 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  9 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2 21:57Мбаппе "Реал"даги рақамини ўзгартирмоқчи  9 21:30Эшитдик-да! "Бунёдкор" хорватиялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  6 21:03"Барселона"нинг 20 ёшли дарвозабони ҳаммомда вафот этди  10 20:46ОКМК Беларусь клуби билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  7 20:29Ҳамдаллаҳ Саудиянинг бошқа клубига ўтиш арафасида турибди  3 20:12Назорат учрашуви. "Олимпик" "Металлург"ни мағлубиятга учратди  4

AKFA bilan yanada ko'p yulduzlar: Toshkentda o'tgan Super musobaqadan Bishkekdagi "Barselona"gacha 1700 km Yangiliklar

AKFA bilan yanada ko'p yulduzlar: Toshkentda o'tgan Super musobaqadan Bishkekdagi "Barselona"gacha 1700 km

SHu kungacha ikkita katta homiy bilan ishlaganman. Bu safargisi "AKFA" kompaniyasi bo'ldi.

Ular bilan suhbatda ochig'ini aytdim, men Sizlarga millionlik "prosmotr"ga ega reklama qo'yib bera olmayman. Bolalar futbolida uncha katta muxlis bo'lmaydi. Ammo brendingizni sifatli musobaqa orqali ishtirokchilarga ko'rsata olaman. Kompaniyaning marketing vakillari ham, haqiqatdan ham bu bilan katta natijaga erishish qiyinligi, ammo "AKFA"ni oz bo'lsada bolalar futboliga hissa qo'shayotganligini ko'rsata olishimizni so'radilar. Qisqasi kelishdik va men ishga kirishdim.


Bolalar futboliga kirib borayotgan "AKFA" uchun yangi shior o'ylab topdim - "AKFA bilan yanada ko'p yulduzlar".




Yangi O'zbekiston bog'i oldida qad ko'targan "Central Asia University" (avvalgi nomi "AKFA University da bo'lib o'tgan musobaqada jami 32 ta jamoa ishtirok etdi. 2010 va 2011 yillarda tavallud topgan jamoalar kubok uchun o'ynagan bo'lsalar, 2015 yilda tug'ilgan jajji bolalar festival ko'rinishida 4 tadan o'yin o'tkazdilar.


"Kelajak Yulduzlari Company" tomonidan 7 yildan beri o'tkazib kelinadigan musobaqalar bugun yuqori darajaga chiqib ulgurdi. Tashkilot birinchi marotaba o'z hisobidan "Qayrat" 2015 jamoasini turnirga jalb qildi. "Qayrat" o'zi ishtirokidagi barcha o'yinlarni yirik hisobda g'alaba qozonib Olma Otaga qaytdi.


2010 yillar o'rtasida kechgan o'yinlarda "Lokomotiv" bosh sovrinni qo'lga kiritgan bo'lsa, 2011 yillarda "Paxtakor" birinchi bo'ldi.



6 kun davom etgan musobaqa o'z yakuniga etgach, 12 000 000 so'mga sotib olingan va 20 000 000 so'mga qayta tamirlangan VAZ 2106 mashinasida Andijon sari yo'lga chiqdim. Qirg'izistonning Jalol Obod shahrida ochilayotgan "Barselona" akademiyasi bilan yaqindan tanishish va u erdagilar bilan hamkorlik o'rnatish men uchun muhim edi. Qolaversa, "Barselona" afsonalari ham dom ham yaqinimizga kelavermaydilar.




TADBIRGA OID VIDEO


Andijonda bir kecha qolib, ertasiga oshnamiz Farruh Mirzaev boshqaruvidagi "Andijon" FK BO'FMga bordim. U erda bolalarning mashg'ulotini ko'rib (Farruh kelgach BO'FMning sifati avvalgi yilgi holatiga qaraganda ancha ijobiy tomonga o'zgargan) birgalikda Jalol Obod tomon yo'lga chiqdik. Bizga Rafael Muslimov sherik bo'ldi. "Spartak" klubi egasiga allaqachon "Barselona" akademiyasidan taklif tushgan. U klubni 6-12 yoshli guruhlarining boshqaruviga taklif qilishmoqchi. Yo'l yo'lakay yangi loyiha haqida xabar berib ketdi. Aytishiga qaraganda, klub bazasi 250 kishiga mo'ljallangan. 12 yoshgacha yotoq berilmaydi. 12 yoshdan keyingi guruhlarning 100 nafari shartnoma asosida (yiliga 20 000 AQSH dollari), 80 nafari grand asosida futbol saboqlarini o'rganadilar.


Ha aytganday, ketishdan avval O'FA matbuot xizmati orqali akkreditaciya masalasini hal qilib olgandim. 

Madaniyat postidan Jalol Obodga 1 soatga qolmay etib oldik. Bugun OAVni kuzatayotgan bo'lsangiz bugun Andijon va Jalolobod viloyatlarini bog'laydigan Xonobod/Bekobod posti ochildi. Endi bir deganda Qirg'izistonga o'tib olish mumkin. 






Jalol Oboddagi tadbir ajoyib tarzda o'tdi. Unda O'FA Prezidenti Abdusalom Azizov ham qatnashdi. Unga tabiiyki Ravshan Ermatov hamrohlik qildi. Mezbonlardan mamlakat Prezidenti Sadir Japarov va MXX raisi Kamchibek Tashiev, "Barselona" Prezidenti Joan Laporta tadbirda ishtirok etdilar. Akademiya milliy xavfsizlik xizmati raisining tashabbusi bilan Jalol Obodda ochilganligi haqida aytishdi. Tashiev aynan shu shaharda tavallud topgan ekan. Uning 15 yoshli farzandi bugunda "Barselona" akademiyasida tarbiya topayotganligi haqida ham takidlab o'tishdi. Ochilish marosimida Puyol sardorligidagi "Barselona"ning sobiq yulduzlaridan Davids, Saviola, Beletti, Jyuli, Rivaldo kabi yulduzlar qatnashdilar. Afsuski, men ko'rishni juda istaganim Ronaldino mamlakatida sho'xlik qilib qo'yganligi uchun Braziliyadan chiqib keta olmadi.






Tadbir o'z yakuniga etdi. Biz kech qolmaslik uchun Bishkekka yo'l olish payiga tushdik. CHunki Osh - Bishkek yo'nalishidagi aviachiptalarning bari tashkilotchilar tomonidan sotib olingandi. SHerigim Abdusalom aka (Bolgariya va Gruziyadagi hamrohim) bilan taksi olib poytaxt tomon yo'lga chiqmasak bo'lmasdi. Dam olib yo'lga chiqish, ertangi kundagi asosiy tadbirni o'tkazib yuborishimizga sabab bo'lishi mumkin edi. Oldimizda masofa km jihatdan kam ko'rinsada, soat bo'yicha ancha uzoq edi. 650 kmga yaqin masofani 12 soatga yaqin vaqtda bosib o'tishimiz sababi, u erning dovonini (pereval) o'zi 6 soat vaqtni olar ekan. Bo'lib ham tunda yo'lga chiqishimiz ancha xavfli edi. Haydovchi uxlab qolmasligini nazorat qilib ketish uchun, men ham mijja qoqa olmasdim. Engil kiyinganmiz, havo ancha sovuq. Xullasi tonggi 7:00da Bishkekka kirib keldik. SHu o'rinda aytib o'tsam, qirg'izlar haqida faqat OAVda yoki Yutubdagi sahifalardagi ko'rsatuvlar orqali xulosalarim bo'lgan. Borib bildimki, o'zimizga o'xshagan, madaniyati joyida, ko'cha kuyda yordam so'rasangiz vaqtini ajratib tushuntiradigan xalq ekan. Qirg'iziston, xaritamdagi 23-davlat bo'ldi. Jalol Obod va Oshda juda ko'p o'zbeklar bo'lib, ular bilan suhbatlashdik. Ikki millat o'rtasida ahil inoqchilikda yashashlarini aytib o'tdilar. Bizga ham mahalliy aholi tomonidan munosabat juda yaxshi bo'ldi. 



 

O'yinga qadar maza qilib mizg'ib oldikda, shahar aylanishga ketdik. Qirg'izlarning beshbarmog'ini maqtashardi. Qimizga xushim yo'q. Beshbarmoqni yaxshisini topib buyurtma berdik. 

- Nima bu, lag'monmi?

- Yo'q, bu qirg'izcha beshbarmoq! Asli o'zbek bo'lgan oficiant qiz, qirg'izcha beshbarmoq lag'mon shaklida to'g'ralishi, men aytayotganim qozoqcha beshbarmoq ekanligini takidlab o'tdi. Mazasi chakki emas, faqat to'g'rashda farq juda katta ekan. 

Biroz shahar aylangach, mehmonxonaga qaytdik va shiorimizga sodiq qolgan holda stadion tomon yo'lga chiqdik, "AKFA bilan yanada ko'p yulduzlar"!



Stadionga etib keldik. Qirg'iziston futbol federaciyasini FBdagi ijtimoiy tarmog'iga azo bo'lganimga ancha bo'lgan. Ularning marketing xizmati biznikidan ancha yaxshi ishlashni boshlaganiga ancha bo'lgan. Bunga o'zim guvohi bo'ldim OAV va muxlislar bilan ishlashda bizdan ancha oldinga o'tib ketganlar. OAV uchun alohida jamoa ishlayapti. Bir kishi kiraverishda ro'yxatdan o'tadi. Hech qanaqa ichki ishlar xodimi yoki qo'riqchi bilan tortishib o'tirmaysiz. Bir kishi sizni tashqaridan media markazga kuzatib boradi va u erda boshqa mutaxassis Sizni o'z joyingizga borishingizni taminlaydi. Hech kim sizga, hech qanday ortiqcha gap gapirmaydi. Marhamat, maza qilib ishlang. Stadion to'liq internet bilan taminlangan. 

 


"Qayrat" bilan "Paxtakor" o'yinida ko'rgandim, u erda futbol tadbirlarini bir necha million auditoriyaga ega vayner yoki shoumenlar o'tkazardilar. Qirg'izistonda ham shunday ekan. Biz quruq tarkibni o'qish va gol mualliflarini aytib turish bilan cheklanamiz. Vaynerlar esa o'yin oldi va keyin hamda tanaffus paytida kelgan muxlislarni qo'llaridan kelgancha qiziqtirib turadilar.

 

 


O'yinda 3:0 hisobi qayd etildi. Ikkinchi taymda "Barselona" raqibga gol urish imkoniyatini berishga harakat qildi, ammo Osiyolik yulduzlar buni uddasidan chiqa olmadilar. Osiyo yulduzlari safida Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ham o'ynadi. Uchrashuvni Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov va Bahodir Qo'chqorov triosi boshqarib bordilar.

 



Qisqasi, qo'shnilarimizni ajoyib akademiya bilan tabriklayman! Bizda ham shunday koshonalar ko'paysin, ko'p aytib kelganman, qo'shning kuchli, sen undan ham kuchli. Raqobat bor joyda albatta o'sish bo'ladi.  

Mustaqillik Kubogini o'tkazishda va "Barselona" - Osiyo Yulduzlari o'rtasida bo'lib o'tgan bahsni yoritishda o'zining yaqin yordamini bergan "AKFA Group"ga o'z minnatdorchiligimni bildiraman!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика