So’nggi yangiliklar

11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  0 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  11 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  8 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  8 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1

Akbar Usmonov: "Osiyo chempionatida oson o'yinlar bo'lmaydi" Yangiliklar

Akbar Usmonov: "Osiyo chempionatida oson o'yinlar bo'lmaydi"

Teglar :  FutzalAkbar Usmonov
23-25 oktyabr kunlari Eronning Urmiya shahrida futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020ning saralash bahslari bo'lib o'tdi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi guruhda Afg'oniston, Tojikiston va Nepal bilan kurash olib bordi.

Uchala bahsda ham g'alabaga erishgan futzalchilarimiz 2020 yilning 24 fevralidan 10 martiga qadar Turkmaniston poytaxti Ashxabod shahrida bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo chempionatining final bosqichiga chiqishdi. Ushbu Osiyo chempionatida eng yaxshi natijaga erishgan 5ta jamoa futzal bo'yicha Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.

Biz Erondagi saralash bahslaridan so'ng terma jamoamiz azoci Akbar Usmonov bilan suhbatlashdik.

- Afg'oniston safida ko'plab fors futzalchilari o'ynashi bois guruhdagi eng asosiy raqib Afg'oniston edi. Ularga qarshi bahs qanday o'tdi?

- Biz uchun eng asosiysi bu Osiyo chempionati final bosqichiga chiqish edi. SHu bois guruhdagi barcha o'yinda g'alaba qozonishni istadik. Dastlabki turda Afg'oniston bilan to'qnash keldik. Bu bahs juda ham ajoyib o'tdi, jiddiy tayyorgarlik ko'rdik va bu o'z so'zini aytdi.

- Guruh autsayderi Nepal bilan uchrashuv biz uchun qiyin o'tgandek tuyuldi. Bunga nima sabab bo'ldi o'ylaysiz?

- Dastlabki ishonchli g'alabadan so'ng Nepalni xuddi osongina yutadigandek edik. Ammo futbolda va futzalda achchiq haqiqat bor: raqibni hurmat qilmasang albatta jazolanasan. Biz Nepalga qarshi o'yinda juda ham qiynaldik, buni tan olish lozim. Yakunda g'alaba qozona oldik va bu bizga juda katta dars bo'ldi.

- Tojikiston bilan bahsdan avval Osiyo chempionatiga chiqib bo'lgandinglar. Jamoaga nima motivaciya berdi? O'yin boshida ikkita gol o'tkazib yubordinglar ammo yakunda yirik hisobda g'alaba qayd etildi.

- Yo'llanma masalasi hal bo'lgan bo'lsada o'rtada principial raqobat bor edi. Qo'shni davatlar o'rtasidagi bahs o'ziga xos derbi edi. SHu bois bu bahsda g'alaba juda muhim edi. Uchrashuvni juda yomon boshladik, lekin vaqt o'tib o'zimizga keldik va yakunda bu tabloda o'z aksini topdi.



- Turkmanistondagi Osiyo chempionati uchun qurada O'zbekiston birinchi savatchada bo'ladi. Bu biz uchun qanchalik ijobiy?

- Osiyo chempionatiga chiqqan barcha jamoalar bilan tanishib chiqdim. Savatchalar ajoyib ko'rinish olgan. Lekin kurash juda ham keskin bo'ladi deb o'ylayman. Kim qaysi guruhga tushishidan qatiy nazar oson o'yinlar bo'lmasligi aniq. CHunki o'rtada Jahon chempionati yo'llanmasi qo'yilgan. Birinchi savatchadan o'rin olganimiz qanchalik ijobiy ekanligini quradan so'ng bilib olamiz.

- Qita chempionati Turkmanistonda o'tishi biz uchun qanchalik yaxshi? Har holda iqlim ham, vaqt farqi ham yo'q. Bundan tashqari qo'shni davlatda bizning muxlislar ko'pchilik bo'ladi.

- Muxlislar bo'lsa albatta ajoyib bo'lardi. Muxlislar qarshisida o'ynash futzalchilarga qo'shimcha kuch, motivaciya beradi. Biz qaerda bo'lmasin bor kuchimizni berishimiz shart, chunki vatan sharafini himoya qilamiz.

- Jahon chempionatida Osiyoga 5ta yo'llanma beriladi. Eron va Yaponiya qitamizda so'zsiz favorit. JCH yo'lida O'zbekistonning asosiy raqiblari kimlar bo'ladi deb o'ylaysiz?

- SHaxsan men raqib tanlamagan bo'lardim. Lekin obro'si jihaidan aytadigan bo'lsak Tailand, Vetnam va Kuvayt jamoalari kuchli jamoalar va ular bilan yo'llanma uchun kurashsak kerak.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика