So’nggi yangiliklar

23:53УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта" (матнли трансляция)  4 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  0 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  1 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  2 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  1 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  0 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  6 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  7 19:55Про-лига. "Дўстлик" "Олимпик Mobiuz" устидан ғалаба қозонди  2 19:35"Ал Қодисия" навбатдаги юлдуз футболчи билан келишувга эришди  7 19:15Olamsport: Баҳодир Жалолов ўзидан кейинги чемпион номини айтди, яна бир ўзбек спортчиси UFC билан шартнома имзолади  0

Akbar To'raev: “Madhiya aytilayotganida yig'ladim” Yangiliklar

Akbar To'raev: “Madhiya aytilayotganida yig'ladim”

Bahraynga qarshi o'yinda O'zbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan Akbar To'raev bilan suhbatlashdik.
“Birinchi navbatda terma jamoaga chaqirishganiga katta rahmat aytishim kerak. O'yinga tayyorlanishim doimgidek bo'ldi, ammo debyut o'yin uchunligimi ham hayajonlandim, ham xursand bo'ldim. Buni menga birinchi bo'lib Pyotr Gizimchuk aytdi. Va menga kerakli maslahatlarni berdi, u menga o'z kuchimga ishonishim va bunga haqli ekanligimni aytdi. Bularni bari hakamning hushtagiga qadar bo'ldi, keyin madhiyamiz paytida to'lqinlanib ketdim. Hushtakdan keyin bor etibor o'yinga qaratildi”, - deydi Akbar To'raev.

–   Siz bilan avval suhbatlashganimizda, terma jamoa asosiy tarkibida tursam, baqirib madhiya aytaman degan edingiz.
–   Etlarim jimirlab ketdi, buni hech nimaga solishtira olmayman. Ich-ichimdan madhiyani aytib, ota-onam oldida yuzumni yorug' qildim deb o'ylayman, xuddi shunday Vohid aka ham yig'lab yuborgan edilar.



–   Ikkita qiyin o'yin bo'lib o'tdi, bunday ob-havoda to'p tepish qanchalik qiyin. Unga qarshi qanday to'p tepish kerak?
–   Bunday pallalarda o'ynash qiyin, charchab qolmaslik uchun esa to'p bilan muomala qilish kerak ko'proq. SHunda raqib to'psiz qoladi va ortiqcha yuguradi. Tabiiyki ular charchaydi. Buni murabbiyimiz o'yindan avval ham aytib o'tgan edi, buni uddaladik, faqat o'yin durang bo'lganini inobatga olmasa.

–   Raqibda to'p bo'lmasa-yu, siz to'psiz qolaversangiz, kimga qiyin sizgami yoki raqibga?
–   Kuchli  jamoalarga qarshi ko'p vaziyatlarla ishtirok etasiz, bunday vaziyatda esa o'yindan o'chib qolmaslikka harakat qilish kerak, buning uchun gap bilan o'yinda ishtirok etish kerak, o'yin 90 daqiqa davom etadimi, demak mana shu vaqt ichida, hech bo'lmasa jamoa azolariga gapirib o'yinda ishtirok etish kerak.

–   So'nggi daqiqalar Bahraynda bitta yaxshi imkoniyat bo'ldi, umuman olganda arablar bizni ko'p marotaba so'nggi daqiqalarda jazolaydilar...
–   Buni bilar edim. Doimo ularga qarshi so'nggi daqiqalarda gol o'tkazar edik. Ular haqidagi umumiy fikrim esa, qarshi hujumda o'yin ko'rsatishlari va ikkinchi raqamda harakat qilishlari edi, yakunda shunday bo'ldi ham. Keyin raqibimiz ancha qo'pol o'ynadi. Bir necha vaziyatlarda himoyachilarimizni bosib o'tishdi, hakamlar yosh edi shekilli, to'liq qoidadan bexabar ko'rinadilar.

–   Birinchi raqamda o'ynagan jamoaga qarshi qarshi hujumlar ko'p bo'ladi, Qatar ham buning uchun bizni jazoladi, bu oldi chiziq vakillariga yaxshi, sizlargachi?
–   Biz va himoyachilari qarshi hujumga tayyor turishimiz kerak, bugungi qarshi hujumlar ancha tez buning uchun koncentraciyani yo'qotmasligimiz kerak, ayniqsa so'nggi daqiqalar xavfli ko'rinish oladi.

–   Kuchli raqibga qarshi o'ynash siz uchun qanchalik foydali?
–   Albatta kuchli jamoalarga qarshi o'ynash doimo yaxshi. Ko'plab hujumlar bo'ladi, bitta hujumni muvaffaqiyatli bartaraf etsangiz, keiyngilarida ishonch paydo bo'ladi va uning ustiga kamchiliklarimizni ham barataraf etib borishimz mumkin. Futbol faqat hujumdan iborat emasligini inobatga olsak, bizga ham ish kerak.

–   Agar Osiyo Kubogiga borsangiz...
–   Bu adrenalin va masuliyat. Bunday turnirlarda hamma ham ishtirok eta olmaydi, bugungi kunda O'zbekistonda yosh posbonlarga etibor oshdi. Bizda ham arablarga o'xshab legioner darvozabonlarga taqiq qo'yilsa zo'r bo'lardi. Mana ko'ryapmiz, yoshlarga imkoniyat berilsa ular ishonchni oqlashyapti. SHuningdek darvozabonlar murabbiyiga ham ko'p narsa bog'liq.



–   Arab darvozabonlariga ko'p etibor beraman, atletik jihatdan kuchli, uzoqqa ham osonlikcha sakraydilar...
–   Ularning mashg'ulotini ko'rdim, men uchun qiziq bo'ldi, balki shuning uchundir. Biz ham o'z ustimizda shu tarzda ishlashga harakat qilamiz.

–   Osiyo o'yinlariga "Bunyodkor"ning uch nafar asosiy o'yinchisi ketdi, terma jamoa va klublar o'rtasida taqvimda bog'liqlik yo'qligi qiyinchilik tug'dirdimi?
–   “Nasaf” bilan o'yinda bizga salgina omad etishmadi. Tabiiyki Vohid SHodiev va Sardor Rashidov, qolaversa 1995 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoamizga futbolchilar ketishgan edi. Masalan, Vohid aka, “Nasaf”ga gol urishni biladigan hujumchi edilar. Sardor esa jamoamiz etakchisi. Albatta ularning yo'qliklari bilindi.

–   Bu hammasi tizimdan. Siz 26ta emas, 32/36ta o'yinda darvozada turishni xohlarmidingiz?
–   Buni hamma istasa kerak, qancha ko'p o'ynasak, shuncha ko'p o'zimizni mukammallikka etaklaymiz. Mashg'ulot bilan rasmiy o'yinning o'rtasidagi farq katta. SHuning uchun o'yinlar kerak.


Nodirxo'ja Yuldashev
Abu Dabi

P.S. Ushbu intervyudan foydalanish huquqi faqatgina "Futbol Ekspress" gazetasida bor. Boshqa hech bir OAV bunday huquqqa ega emas.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика