Akbar To'raev: “Hali bundan ham kuchli o'yin ko'rsatamiz”
25 fev 2015 01:23
Yangiliklar
Akbar To'raev: “Hali bundan ham kuchli o'yin ko'rsatamiz”
OCHL 1-turidan o'rin olgan "Al Nasr" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Akbar To'raev ham ishtirok etdi.
“G'alabani ushlab qolganimizda juda yaxshi bo'lar edi. Lekin durang natija ham yomon emas. Hali bundan ham kuchli o'yin ko'rsatamiz. Tarkibimizda bo'yi baland futbolchilar bor. Ularning imkoniyatidan unumli foydalanishga harakat qildik. Rashidovning esa tezligiga ishondik. Himoyachilarimiz ham baland bo'yli va ular bugun tartibli o'yin ko'rsatishdi”, - deydi o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Akbar To'raev.
"Bunyodkor" matbuot xizmati
"Bunyodkor" matbuot xizmati
Fikrlar