So’nggi yangiliklar

10:25"Рома" Сардор Азмунни "Байер"дан тўлиқ сотиб олиши мумкин, агар...  2 10:03Таиланд пойтахти Бангкок шаҳрида ОФКнинг футзал ва соҳил футболи қўмитаси йиғилиши бўлиб ўтди  0 09:42"Ал Насcр" кетма-кет 7 та ўйинда ғалаба қозонди. Роналду кетма-кет 2 та баҳсда самарали ҳаракат қилгани йўқ  12 09:21"Атлетико" мухлислари Нико Уильямсни "маймун" дейишди, Гризманн ва Коке эса...  5 09:01"Нефтчи" - "Металлург" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 08:39"Барселона" эркаклари қила олмаган ишни аёллар жамоаси амалга оширди  5 08:18МЛС. "Интер Майами"дан йирик ғалаба. Мессида 2+1, Суарес ҳам гол урди  12 07:54Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Индонезия билан ўйинга тайёргарликни бошлади + Ҳусайн Норчаевдан интервью   2 07:30Футзал. Бугун Ўзбекистон бронза медали учун Тожикистон билан ўйнайди  1 07:09Ўзбекистон кубоги. Бугун "Андижон" - "Насаф", "Динамо" - "Навбаҳор" ва яна 4 та ўйин бор  4 06:50Серия А. "Ювентус" - "Милан" 0:0   0 06:45АПЛ. "Астон Вилла" - "Челси" 2:2   0 06:40АПЛ. "Ньюкасл" - "Шеффилд" 5:1   0 06:35АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Бернли" 1:1   2 06:30АПЛ. "Вест Хэм" - "Ливерпуль" 2:2   1

Akaki SHulaya va boshqalar. Superligada 3-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Akaki SHulaya va boshqalar. Superligada 3-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 3-turining eng yaxshilarini aniqladi.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 3-turning eng yaxshi darvozaboni - Abdumavlon Abdujalilov ("Lokomotiv").

"Lokomotiv" bu tur amaldagi chempion "Paxtakor"ga qarshi o'ynadi va 3:0 hisobida yirik g'alabaga erishdi. Uchrashuv davomida "temiryo'lchilar" posboni Abdumavlon Abdujalilov 5ta seyv ijro etdi va darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Uning ishonchli o'yini sheriklariga ham qo'shimcha kuch bag'ishlagani turgan gap.



"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 3-turning eng yaxshi murabbiyi - Aleksandar Stoymirovich ("Lokomotiv").


"Lokomotiv"ning sensacion g'alabasida murabbiyning hissasi katta bo'ldi. O'yin davomida "temiryo'lchilar" kuchli pressing va tezkor qarshi hujumlar bilan "sherlar"ni esankiratib qo'yishdi. "Paxtakor" 2020 yil noyabr oyidan buyon Superligada hech kimga yirik hisobda yutqazmayotgandi. SHu tariqa, Aleksandar Stoymirovich 3-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.



"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 3-turning eng chiroyli goli muallifi - Akaki SHulaya ("Qizilqum").


"Qizilqum" mazkur tur Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvning 64-daqiqasida SHukurullaev uzatgan ajoyib pasdan keyin SHulaya o'ng qanotda to'pni egallab ikki raqibdan qochib ketib Nematov qo'riqlayotgan darvozaga gol urdi. Aynan mana shu gol 3-turning eng chiroyli goli deb topildi. VIDEONI KO'RISH



"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 3-turning eng yaxshi futbolchisi - Mirjahon Mirahmadov ("Bunyodkor").


Dastlabki ikki turda ikkita mag'lubiyatni qabul qilib olgan "qaldirg'ochlar" murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi. 3-turda esa jamoani "Navbahor" kutib turgandi. Ko'pchilik bu o'yinda ham "Bunyodkor" yirik hisobda mag'lub bo'lishini taxmin qilgandi, ammo ikkinchi taymda maydonga tushib ikkita gol urgan Mirjahon Mirahmadov bu taxminlarni chilparchin qildi. Superligadagi faoliyatida beshinchi bor dublga erishgan Mirahmadov 3-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Reyting: +2   

Fikrlar

   
18 mar 16:21:38
Bill Junior
Abdumavlonni terma jamoaga chaqirib koʻriw keremikin Anu tewu varataristladan yaxwro formadekan
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика