"Aka-uka botirlar" Saudiya Arabistoniga uchib ketishdi
01 mar 2015 09:18
Yangiliklar


"Aka-uka botirlar" Saudiya Arabistoniga uchib ketishdi
Hozirgina Toshkent - Qarshi - Ar Riyod - Jidda yunalishi bilan uchgan Aerobus A-320 havo kemasi o'z bortiga "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalarini olgan holda OCHLning 2-tur uchrashuvini o'tkazish uchun birgalikda Saudiya Arabistoniga uchib ketishdi.
Ikki jamoa kelishgan holda amalga oshirgan charter reysda avvaliga "Paxtakor" Ar Riyod shahrida qoladi. SHundan keyin "Nasaf" Jidda sari parvozni davom ettiradi. Ikki klub birgalikda, championat.asia sayti, "Inter Futbol", "Futbol Ekspress" va "O'zbekiston Futboli" gazetalaridan bir nafardan xodimni safarga olib ketishdi. Demak, OCHLni saytimizda yanada jonliroq va sifatliroq yoritishda davom etamiz.

Fikrlar