So’nggi yangiliklar

01:51Расман: Оле-Гуннар Сульшер истеъфога чиқарилди  1 01:30Отабек Боймуродов: "Ҳар бир рақиб учун алоҳида тайёрланамиз"  1 01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  50 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  3 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  7 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  21

"Ajdarlar" tarkibidagi SHer haqida Yangiliklar

"Ajdarlar" tarkibidagi SHer haqida

Berdiev boshchiligidagi nasafchilar OCHL (guruh bosqichi) yo'llanmasini qo'lga kiritish barobarida "So'g'diyona"ga OFK kubogida ishtirok etish huquqini taqdim qildi.

Kechaning asosiy qahramonlaridan biri, shubhasiz, uchrashuvda hisobni ochgan SHerzod Nasrullaev bo'ldi. 

Malumot uchun, u 1998 yil Kosonda tug'ilgan. Muxlislar nazarida futbolchining ampluasi, o'yin uslubi, maydondagi harakatlari-yu raqami ham (34) Farruh Sayfievni eslatadi. 

SHerzod bolaligida Fabiu Koentrauning muxlisi bo'lib, portugaliyalik fulbek singari 5-raqamda maydonga tushar edi. "Ajdarlar"ning asosiy jamoasiga kelganida Ro'ziqul Berdiev uni Sayfievga o'xshatgani uchun "Paxtakor"ga o'tib ketgan Faraning raqamida o'ynashni taklif qiladi. 

Etiborli jihati, uning Superligadagi debyuti aynan Sayfievli "Paxtakor"ga qarshi to'g'ri kelgan. 2019 yilning 2-yarmidan "Nasaf"ning asosiy tarkibidan o'rin egallay boshlagan himoyachi o'tgan mavsumga kelib, "ajdarlar"ning almashtirib bo'lmas vakiliga aylandi. 2021 yilda Nasrullaev o'tkazib yuborgan 4 o'yinning 2 tasi Qarshi jamoasining mag'lubiyati bilan tugadi. O'sha bahslardan keyin Berdiev ham jamoaga SHerzod etishmayotgani haqida gapirishga majbur bo'lgandi.

Nasrullaev himoyada tartibli o'ynashdan tashqari, doimiy ravishda oldinga tashlanib, raqib mudofaachilarini ham sarosimada ushlab turadi. Bu haqda statistika "gapirgani" maqul:

1. U Superliga-2021'ning eng yaxshi pleymeykeriga aylandi (7 assist).

2. OFK kubogida ham SHerzodning oldiga tushadigani bo'lmadi. Turnir doirasida 7 ta uchrashuv o'tkazgan futbolchi 1 gol, 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Qadrli muxlis, siz qanday fikrdasiz: ayni paytda O'zbekistonning eng kuchli chap qanot himoyachisi kim?

Muallif :
Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика