So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Ahtam Nazarov: "Nasaf" - "Andijon"? Maydonda kim kuchli bo'lsa, o'sha jamoa yutadi" Yangiliklar

Ahtam Nazarov: "Nasaf" - "Andijon"? Maydonda kim kuchli bo'lsa, o'sha jamoa yutadi"

"Andijon" safiga qishki transferlar oynasida kelib qo'shilgan tojikistonlik Ahtam Nazarov bo'lajak uchrashuvlar, Turkiya yig'ini haqida fikrlarini bildirdi.

— Dushanbeda ekanligimda "Andijon"dan taklif borligi haqida aytishdi. Bir muncha o'ylab klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev bilan barchasini gaplashdik. Rozilik bildirdim. "Andijon" o'z tarixiga ega klub, qolaversa, O'zbekiston chempionati darajasi ham yaxshi. Taassurotlarim alo. Yangi jamoa, futbolchilar munosib qarshi olishdi. Ularga rahmat aytaman. O'z oila azolaridek qabul qilishdi, deya olaman. Turkiya yig'ini yakunlandi. Endilikda rasmiy bahslarga yanada jiddiy hozirlik ko'ramiz. 

— Har bir chempionat o'ziga yarasha jozibali. To'g'ri Tojikistonda "Istiqlol" doimiy ravishda etakchilik qilib keladi. SHunga qaramay "Istiqlol"ga oson bo'lmaydi. O'zbekiston haqida eshitganman, jamoalarga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida qatnashganman. Deylik "Navbahor", "So'g'diyona"ga qarshi maydonga chiqdik. Lekin eshitish boshqa, ko'z bilan ko'rib to'p tepish boshqa. O'zbekistonda o'zimni yolg'iz his qilmayman. Rustam Soirov, Zoir Jo'raboev, Muhammadjon Rahimov, Davron Ergashev, Nikola Stoshich, Oleksey Larin, Andrey Mishenko singari sobiq jamoadoshlarim bor. Ular bilan gaplashib turamiz. "Andijon"dagi ahil kollektiv sabab ham hali sog'inishga ulgurmadim. 

— "Nasaf" bilan o'yinga kelsak, ekspertlar ko'pincha turli taxminlarni bildirishadi. "Nasaf" OCHLda o'ynadi, yaxshi jamoa. Lekin ular kuchli yoki biz kuchsiz demagan bo'lardim. Maydon tekis, to'p dumaloq. Aynan maydonda kim zo'r bo'lsa, o'sha yutadi.  

— Aleksandr Xomyakovning ishonchini his qilyapman. CHunki aynan murabbiy menga qiziqqani haqida aytishdi. Rahbariyat va murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildiraman. Legioner sifatida katta masuliyat turibdi. Umid qilamanki, hammasi joyida bo'ladi.  Joriy yilgi Superligaga kelsak, yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoalar ko'pchilikni tashkil qiladi. "Andijon" qaysi o'rinni egallaydi? Biz ham harakat qilamiz. Muhimi jamoa o'ziga ishonishi kerak. Futbolda oldindan biror narsa ayta olmaysiz. 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика