Ahror Umarjonov: “Oq-tepa" bilan o'yinda durang adolatli bo'ldi”
07 may 2016 22:33
Yangiliklar
Ahror Umarjonov: “Oq-tepa" bilan o'yinda durang adolatli bo'ldi”
O'zbekiston Birinchiligining 7-turidan o'rin olgan “Oq-tepa” – “Norin” (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar azosi Ahror Umarjonovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Bellashuvning birinchi bo'limi mezbonlarning ustunligida o'tdi. Ikkinchi bo'limda esa, biz ko'proq ustunlikka ega bo'ldik. Ko'rdingiz, dastlab oddiygina vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. Tanaffusdan keyin vaziyatni o'nglab, yana bir qator imkoniyatlarga ega bo'lgan bo'lsakda, bellashuv oxirida yana o'z darvozamizdan to'p olib chiqdik. “Oq-tepa” yaxshi jamoa, tarkibida mahoratli futbolchilar talaygina. O'ylashimcha, o'yin durangga mos bo'ldi.
Navbatdagi uchrashuvni “Lokomotiv-BFK”ga qarshi o'tkazamiz. Bu bahsda g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz. Sababi, “Oq-tepa” bilan bo'lgan bellashuvda yo'qotilgan ochkolarning o'rnini to'ldirishimiz kerak. Haqqulabodga g'alaba bilan qaytishimiz lozim, - deydi Umarjonov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar