So’nggi yangiliklar

13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  2 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1

Ahrol Inoyatov: "Kelishilgan o'yinlar haqida aytganlar isbotlab bersin" Yangiliklar

Ahrol Inoyatov: "Kelishilgan o'yinlar haqida aytganlar isbotlab bersin"

Bugun Sport TV orqali namoyish etilgan "Futbol sharhi" ko'rsatuvi mehmoni O'zbekistonda kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash qo'mitasi rahbari Ahrol Inoyatov bo'ldi va savollarga javob berdi.
- Ayni vaqtda ko'plab murabbiylar futbolni tugatgan zahoti katta jamoalarda bosh murabbiy lavozimida ish olib bormoqda. Siz bunga qanday munosabatdasiz?

Murabbiylik oson emas. Murabbiy bo'ladigan inson birinchi bo'lib murabbiy ko'rish kerak. O'zimizni murabbiylarga yaxshi ustoz etishmayapdi. Futbolni sevish kerak. Bizda ko'p futbolchilar o'zini sevadi. Har bir futbolni tahlil qilish kerak. Hozir murabbiylarga shu narsa etmayapdi.

- Sizga ayni vaqtda yangi vazifa taqdim etildi. Sizga mutaxassis sifatida zimmangizga juda qiyin vazifa yuklatildi. Siz kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash qo'mitasi raisi sifatida zimmangizga qanday vazifalar yuklatildi.


Biz ishni boshlash arafasidamiz. Kelgan hujjatlarni o'rganib chiqmoqdamiz.Barcha disklarni ko'rib chiqishni boshladik. Bu bilan butun dunyo shug'ullanadi. Bu illat jahon futbolida ham bor.

- Agar sizlar bunday holatlarni aniqlasalaringiz sizlarning zimmangizda jazolash bo'yicha qanday imkoniyatlar bor? Komissiya kimga bo'yso'nadi. PFL bilan aloqalaringiz qanday ?

Bu qo'mita Mirabror Zufarovichga bo'yso'nadi. PFL , hakamlar, jurnalistlar bilan aloqada bo'lib turamiz.

- Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash kecha yoki bugun boshlangani yo'q. Avvaldan ham mavjud edi. Bunga ehtiyoj bor edi. Kelishilgan o'yinlar mamlakatda futbol rivojiga qanchalik tasir o'tkazadi?

Buning tasiri yomon. Buni isbotlab berish juda qiyin bo'lmoqda. Mana biz qancha o'yinlarni ko'rib chiqamiz. Bu haqida gapirish juda engil. Ko'chada, bozorda hamma gapiradi lekin buni hech kim isbotlab bera olmaydi. Internetlarda ham ko'rdik, o'qidik, eshitdik. Kelishilgan o'yinlar haqida aytganlar isbotlab bersin. Isbotlab berishga kelganda isbotlab bera olmaydi. Odamni ham hech narsadan hech narsa jazoga tortib bo'lmaydi. Bularni hammasini yuridik jihatdan isbotlab berish kerak. Bunga Mirabror Zufarovich juda qattiq turibdi. Kelishilgan o'yin faqat gap bilan qolib ketmoqda. Bizda bukmekrlik kompaniya, totalizatorlik degan narsalarni o'zi yo'q. Internetga esa hamma ham yozaveradi. Bu isbotlanmaydigan gaplar.

- Tashqi tasirlar sizlarning ishingizga qanchalik tasir o'tkazadi? Masalan internetdagi maqola, gap-so'z va boshqalarga qanday etibor qaratasizlar?

Biz hamma fikrni inobatga olamiz. Barchasiga jiddiy yondashamiz. Yuridik jihatdan hamma hujjatlarni tayyorlamoqdamiz. Yangi mavsumdan boshlab hamma futbolchilar, murabbiylar dekloraciyalarga qo'l qo'yadi. Biz noramativlarni tayyorlab chiqmoqdamiz. Ana shu dekloraciyani to'ldiradi va imzolaydi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика