Ahmedov: "O'runovning "Spartak"dagi debyut golidan juda ham mamnunman"
18 sen 2020 11:53
Yangiliklar


Ahmedov: "O'runovning "Spartak"dagi debyut golidan juda ham mamnunman"
"Tyanczin Teda"da ijara asosida o'ynayotgan "SHanxay SIPG" yarim himoyachisi Odil Ahmedov Oston O'runovning "Spartak"dagi debyut goli haqida gapirdi.
"Spartak" Rossiya Kubogi doirasida "Rodina" bilan bahs olib bordi va o'yin 5:1 hisobida "qizil-oqlar"ning g'alabasi bilan yakunlandi. Xavbek o'sha o'yinda ajoyib tarzda debyut golini kiritdi.
"O'runovning "Spartak"dagi debyut golidan juda ham mamnunman. Gol chiroyli chiqdi. Bu gol unga ishonch bag'ishlaydi, shunday davom etish kerak. Unga faqat omad va muvaffaqiyat tilayman", - deydi Ahmedov.
19 yoshli O'runov 2020 yilning avgust oyida "Ufa"dan "Spartak"ga o'tgan edi. Futbolchi joriy mavsum "Spartak" safida barcha musobaqalarda 3ta o'yin (1ta asosiy tarkibda)da maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
02:36
JCH-2026 saralashi. BAA O'zbekiston va Qirg'izistonga qarshi o'yinlar uchun tarkibini elon qildi 8
22:11
QPL. "Turon" o'z uyida "Tobol"ga mag'lub bo'ldi, mezbonlar safida uch o'zbekistonlik harakat qildi 0

Fikrlar