Ahmedov "Anji"da qoladi
13 jan 2014 13:53
Yangiliklar

Ahmedov "Anji"da qoladi
"Kim ketsa ketsin, faqat Odil Ahmedov emas". Bu "Anji" rahbarining Odil Ahmedov transferi borasidagi so'nggi gapi bo'ldi.
"Krasnodar" klubining jiddiy qiziqishiga qaramay, "Anji" Ahmedovni sotishdan bosh tortdi. "Krasnodar" mavsum boshidayoq futbolchimizni qo'lga kiritishni maqsad qilgandi. U paytlar hali "Anji"da futbolchilarni ommaviy sotish boshlanmagan, barchasi bir maromda ketayotgan edi. Keyin "Anji"da siyosat o'zgardi. SHunga qaramay, Ahmedovni klub qo'yib yubormadi. Kuni kecha Traore va Jusiley jamoani tark etdilar, ammo Ahmedovga kelgan sovchilarni yana ortga qaytardilar. Albatta, Ahmedovning klub rahbariyati oldida qozongan hurmati bizni quvontiradi. Ammo klubning bugungi kundagi holatidan kelib chiqib unda ruhiy zo'riqishni ko'ryapmiz. Umid qilamiz, yangi yil ham "Anji", ham Ahmedov uchun omadli keladi.
Ayni paytda Ahmedov "Anji" safida Turkiya yig'inida ishtirok etyapti. Jarohati bois yakka tartibda mashg'ulot o'tkazmoqda. SHifokorlarning malum qilishicha, u 2 hafta ichida umumiy guruhga qo'shiladi. Malumotlarga ko'ra, murabbiy va futbolchilar uni yangi mavsum sardori sifatida elon qilganlar.

Fikrlar