Ahmad Ubaydullaev "Andijon"da ish boshladi
30 mar 2018 12:58
Yangiliklar
Ahmad Ubaydullaev "Andijon"da ish boshladi
Andijon klubining tarkibida etiborga molik o'zgarishlar bo'lgani kabi murabbiylar shtabida ham yangilanishlar sodir bo'lganidan xabaringiz bor.
Jamoa bosh murabbiyi Eldor Sakaev o'ziga maqul mutaxassislarni o'z shtabiga chorladi. Ana shunday mutaxassislardan biri Ahmad Ubaydullaevdir.
Yurtimiz futbolida o'z mavqeiga ega bo'lgan Ahmad Inoyatovich tajribali murabbiylardan biri hisoblanadi. O'z vaqtida Ubaydullaev O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan xalqaro maydonlarda ishtirok etib muvaffaqiyatlarga erishgan. Uning oxirgi ish joyi Bekobodning «Metallurg» jamoasi edi. Endi esa Sakaev va Ubaydullaev tandemi «Andijon»da o'z faoliyatini boshladi.
Darvoqe, Eldor Sakaevga shuningdek, yordamchi murabbiy Diyor Mirzaboev va darvozabonlar murabbiyi Qobil Olimjonov yaqindan yordamlashmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Винисиус кечаги воқелардан сўнг баёнет билан чиқди
Расман: УЕФА "Бенфика" — "Реал" ўйинидаги ирқчилик можароси бўйича суриштирув бошлади
Fikrlar