Ahmad Madaniya: "O'zbekistonga qarshi o'yin teng kurashlar ostida o'tdi"
15 jan 2024 12:06
Yangiliklar
Ahmad Madaniya: "O'zbekistonga qarshi o'yin teng kurashlar ostida o'tdi"
Osiyo Kubogining 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Suriya (0:0) uchrashuvidan so'ng suriyaliklar darvozaboni Ahmad Madaniya fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'zbekistonga qarshi o'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Uchrashuvni ko'tarinki ruhda o'tkazdik, bazi vaziyatlarda omad bizdan yuz o'girdi.
Kelgusi bahslarda o'z o'yinimizni yanada yaxshilashga harakat qilamiz. Turnirning ochilish o'yini hamisha alohida ahamiyat kasb etgan.
O'zbekiston terma jamoasining kuchli ekanligini, umuman olganda, barcha o'yinlar oson o'tmasligini bilardik. Lekin bizning o'z maqsadimiz bor va unga erishish yo'lida bor kuchimizni ishga solamiz. Avstraliyaga qarshi o'yinda ham jamoamiz ijobiy natija qayd etishga qodir", – dedi suriyalik posbon.
Eslatib o'tamiz, Suriya guruh bosqichining 2-turida Avstraliyaga qarshi bahs olib borsa, O'zbekiston MTJ Hindiston bilan bellashadi.
Fikrlar