So’nggi yangiliklar

21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  33 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   7 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 20:21Ўртоқлик ўйини. Шомуродов ва Файзуллаев ўйинни асосий таркибда бошлади  7 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  6 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  2 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  3 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  0 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  0 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  3 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  6 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  3 15:26"Манчестер Юнайтед" ва "Ньюкасл" Шешко учун курашади  1

Ahmad Agamurodov: "Ko'prog'ini xohlagandik, ammo baxtga qarshi mag'lubiyatga uchradik" Yangiliklar

Ahmad Agamurodov: "Ko'prog'ini xohlagandik, ammo baxtga qarshi mag'lubiyatga uchradik"

U-23 Osiyo Kubogi chorak finalidan o'rin olgan Avstraliya – Turkmaniston (1:0) uchrashuvidan keyin turkmanistonliklar bosh murabbiyi Ahmad Agamurodov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Raqibimiz Astraliya jamoasini g'alaba bilan tabriklab qolaman. Biz har doimgidek himoyaviy o'yin ko'ratib, tezkor qarshi hujumlarda faol bo'lishga intildik. Avstraliya gol urgandan keyin jamoam yana bir bor  xarakterga ega ekanligini ko'rsatdi. Albatta, bugungi hisobdan xafaman, ammo shunday futbolchilarim borligidan baxtliman", – dedi Agamurodov.

- Jamoangiz turnir bilan xayrlashmoqda. Musobaqa sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Taassurotlar fantastik darajada, bu musobaqada ishtrok etib, tajriba to'plaganimdan juda xursandman. CHunki ushbu turnir biz uchun avval ham aytib o'tganimdek, tarixiy ahamiyatga ega edi. Biz birinchi bor ishtrok etib, chorak finalgacha eib kelganimizning o'zi katta gap. Yanada ko'prog'ini xohlagandik, ammo baxtga qarshi mag'lubiyatga uchradik.

- Begenchmirat Miratberdievning ahvoli qanday? Jiddiy jarohat olmadimi?

- Unga sog'liq tilayman. O'yindan oldin Begenchmiratda jarohat bor edi, ammo u o'ynashni xohladi, mendan asosiy tarkibda tushirishimni so'radi. Hali xolati nomalum, sog'ayib ketishini so'rab, duo qilamiz.

- Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?

- Ha albatta. O'zingiz ham guvoh bo'ldingiz, ular bizni stadiondan turib qo'llab-quvvatlab turishdi. Toshkent va boshqa joylardan kelib bizga muxlislik qilishdi. Bu uchun rahmat aytaman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика