Agueroning otasi Gvardiolani qattiq tanqid qildi
03 iyu 2021 21:00
Yangiliklar
Agueroning otasi Gvardiolani qattiq tanqid qildi
Serio Agueroning otasi Lionel “Man Siti” ustozi Pep Gvardiola haqida gapirdi.
Gvardiola APL oxirgi turidan keyin intervyu vaqtida argentinalik forvard ketayotgani haqida gapirayotgan vaqtida yig'lab yuborgandi.
“Uning ko'z-yoshlariga ishonmayman. U necha marta o'g'lim bilan samimiy munosabatda bo'lgan? Bunaqasi bo'lmagan. U hech qachon Serxioga to'g'ri munosabatda bo'lmagan. Gvardiola hamma joyda futbolchilardan ko'ra, o'zini ustun qo'yishni yaxshi ko'radi. U qo'lqop kabi futbolchilarni almashtiradi, doimiy ravishda tarkibni o'zgartirib turadi, o'yinchilarni noqulay holatlarga qo'yadi.
Serxio nega ketdi? CHunki, unga to'g'ridan-to'g'ri klubdagi davri tugaganini aytishgan”, deydi katta Aguero.
Fikrlar