Agueroning kardiologi argentinalik futbolchi nega faoliyatini tugatganini tushuntirdi
16 dek 2021 21:35
Yangiliklar
Agueroning kardiologi argentinalik futbolchi nega faoliyatini tugatganini tushuntirdi
"2004 yilda biz uni aritmiyadan davolagan edik. U fenomen, shuning uchun undan keyin yana 17 yil futbol o'ynadi. Endi bu muammoga hech qanday aloqasi yo'q boshqa narsa aniqlandi. Bu kasallikni koronavirus yoki virusga mutlaqo aloqasi yo'q.
Ehtimol, ilgari unda miokardit bo'lgan, keyin uning asorati qolgani tufayli aritmiya vujudga keldi. Qisqasi, Agueroning aritmiya sabablari nomalum. Unda aritmiyaga olib keladigan kichik belgi aniqlandi, xolos. Keyinchalik mana o'yin davomida taxikardiya o'zini namoyon qildi.
Balki u 23 yoshda bo'lganida, uch oy kutib, yana tekshiruvdan o'tish mumkin edi. Ammo endi bundan mano yo'q, faoliyatni to'xtatish – mukammal qaror. U maslahatga amal qildi.
Do'stlari bilan futbol o'ynasa, muammo bo'lmaydi. U sinovlardan juda yuqori bosimlarsiz va aritmiyasiz o'tdi”, – dedi shifokor.
Fikrlar