Aguero: “Messi har doim jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lib qoladi”
13 jan 2014 12:27
Yangiliklar


Aguero: “Messi har doim jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lib qoladi”
“Manchester Siti” klubining argentinalik hujumchisi Serxio Aguero, “Oltin to'p-2013” sovrini uning termadagi hamkori Lionel Messiga nasib etishiga ishonmoqda.
“Messi – boshqa planetadan kelgan o'yinchi, u har doim jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lib qoladi. Aynan u “Oltin to'p-2013” sovrinini qo'lga kiritadi deb o'ylayman.
Krishtianu “Real”da yaxshi o'ynayapti, ammo Messi yiliga bittadan gol urgan taqdirda ham eng yaxshi futbolchi bo'lib qolaveradi”, - deya takidladi Aguero.
Eslatib o'tamiz, “Oltin to'p” sovrinini topshirish marosimi bugun tunda bo'lib o'tadi.

Fikrlar