Aguero JCH-2022da Argentinaga murabbiy sifatida yordam bermoqchi
19 fev 2022 09:32
Yangiliklar
Aguero JCH-2022da Argentinaga murabbiy sifatida yordam bermoqchi
33 yoshli argentinalik sobiq futbolchi Qatarda o'tkaziladigan jahon chempionatida o'z yurti terma jamoasiga murabbiy sifatida yordam bermoqchi.
"Qatardagi jahon chempionatiga boraman. Bu hafta bizda uchrashuv bo'ladi. U erda men ham bo'lmoqchiman. Murabbiylar shtabiga qo'shilishga tayyorman. Biz bosh murabbiy Lionel Skaloni bilan suhbatlashdik. SHuningdek futbol federaciyasi prezidenti Klaudio Tapia bilan ham. Biz buni sinab ko'rishimiz kerak.
Men u erda bo'lishni istayman, ammo qanday rolda? Agar jahon chempionatiga borsam yigitlar bilan birga bo'laman, ular bilan shug'ullanaman. Bu muammo emas. Men ularning yonida bo'lib, ularga motivaciya bermoqchiman", - dedi Aguero.
Eslatib o'tamiz, Aguero yuragi bilan bog'liq muammolar sabab futbolchilik faoliyatini erta yakunlagandi.
Fikrlar