Aguero: "Gvardiola - ajoyib murabbiy, ammo men Pellegrini qo'l ostida baxtliman"
09 okt 2015 12:12
Yangiliklar


Aguero: "Gvardiola - ajoyib murabbiy, ammo men Pellegrini qo'l ostida baxtliman"
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero "Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Siti" ustoziga aylanishi mumkinligi borasida izoh berdi.
"Bu haqda ko'p gapirildi. Gvardiola bilan tanish emasman. Albatta, u ajoyib mutaxassis va kuchli murabbiylar qo'l ostida ishlash doimo yoqimli, ammo Manuel Pellegrini bilan munosabatlarim juda yaxshi va uning qo'l ostida ishlayotganimdan baxtliman" - deydi Aguero.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar