Aguero: "Braziliya terma jamoasiga qarshi o'yingacha safga qaytishga umid qilyapman"
Aslanov Jasurbek
15 okt 2015, 14:47
Argentina terma jamoasi hujumchisi Serxio Aguero Braziliyaga qarshi superklasikogacha jarohatidan qutilishga umid qilyapti.
"Braziliya bilan o'ynashga umid qilyapman, ammo maydonga jarohatni to'liq qutilmay chiqib bo'lmaydi, chunki u qaytalanishi mumkin. Shoshilish noto'g'ri, ammo tezroq safga qaytishni istayman" - deydi hujumchi.