Aguero: “Biz safarda yaxshiroq o'ynashimiz kerak”
17 noy 2013 09:30
Yangiliklar


Aguero: “Biz safarda yaxshiroq o'ynashimiz kerak”
“Manchester Siti” klubi hujumchisi Serxio Aguero, jamoa chempionlik uchun kurashni davom ettirishni istasa, unda safardagi o'yin natijalarini yaxshilashi kerakligini takidlab o'tdi.
Fikrimcha “Siti” har doim sovrinlarga intilishi kerak. O'yinlarda g'alaba qozonish uchun bizda etarlicha kuchli jamoa shakllangan. Endigi vazifa safardagi o'yinlarda kamroq xatoga yo'l qo'yishdan va ushbu o'yinlarda g'alaba qozonishdan iborat. CHunki aynan safardagi o'yinlar mavsum so'ngida chempionlikka tasir ko'rsatishi mumkin. Biz uyimizda kuchli o'yin namoyish etamiz, biroq safarda ham shunday bo'lishimiz kerak”.

Fikrlar