Aguero: "Bazida do'stlarim: "Nega yiqilmading? Penalti ishlagan bo'lar eding!" deb gapirishadi"
25 okt 2014 11:45
Yangiliklar


Aguero: "Bazida do'stlarim: "Nega yiqilmading? Penalti ishlagan bo'lar eding!" deb gapirishadi"
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero penalti ishlash uchun simulyaciya qilishni xohlamasligini aytdi.
"Men "sho'ng'ish"ga yoki hakamni aldashga ishonmayman. Bunday futbol o'ynashni istamayman. Bu g'ururga bog'liq savol: himoyachi menga tegsa, erga yiqilmasdan, oyoqda turib qolib, gol urishga intilaman. Oilam va do'stlarim bazida shunday so'rashadi: "Nega yiqilmading? Penalti ishlagan bo'larding!". Ammo to'g'risini aytsam, buni qanday qilishni ham bilmayman. Qanday "sho'ng'ish"ni bilmayman. Bu meni felimga mos emas va bu ishni qilishni ham xohlamayman" - deydi Aguero.

Fikrlar