So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

AGMKdan navbatdagi transfer - Mate Vatsadze Yangiliklar

AGMKdan navbatdagi transfer - Mate Vatsadze

AGMK PFK matbuot xizmati jamoaning navbatdagi transferi, evropalik hujumchi Mate Vatsadzeni olmaliqliklar safiga qo'shilganini elon qildi.

"Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan jamoamiz navbatdagi transferni rasmiylashtirdi.

Jadallik bilan davom etayotgan selekciya ishlari natijasida klubimiz navbatdagi transferga qo'l urdi. Endilikda AGMK jamoasi sharafini Mate Vatsadze himoya qiladi. 

O'tgan mavsumning ikkinchi qismida Superligaga kelgan va malum vaqt "Qizilqum"da o'ynagan Vatsadze yangi mavsum uchun AGMK bilan shartnoma imzoladi.

Malumot o'rnida: Mate Vatsadze o'z vaqtida Gruziya terma jamoasi to'p tepgan, Evropa ligasi musobaqasida o'zini ko'rsatgan va nufuzli Evropa chempionlar ligasida o'ynagan hujumchi hisoblanadi. Mate Evropa ligasida jami 16 o'yinda ishtirok etgan va 8ta golga mualliflik qilgan.

Hujumchi Gruziya terma jamoasi safida JCH-2014 hamda Evro-2016 saralash bosqichi o'yinlari hamda qator o'rtoqlik bahslarida ishtirok etgan. Mate terma jamoa safida jami 16 o'yin o'tkazgan va raqiblar darvozasini 4 marotaba aniq nishonga olgan.

Mate futbolchilik faoliyatini Gruziyaning mashhur "Dinamo" Tbilisi jamoasida boshlagan va mazkur klub safida 108 o'yin o'tkazgan va 48ta gol urgan.

SHuningdek, Mate futbolchilik faoliyati davomida Daniya chempionatida 7 mavsum o'tkazgan. Daniyaning nomdor "Orxus" klubida 2012-2016 yillar mobaynida o'ynagan bo'lsa, keyinchalik "Viborg" hamda "Silkeborg" jamoalari sharafini himoya qilgan. 

Mate Vatsadze futbolchilik faoliyatida jami 328 uchrashuv o'tkazgan va 117ta gol muallifiga aylangan.

AGMKning ahil oilasiga xush kelibsan, Mate!

Umid qilamizki, Mate Vatsadze yangi mavsumda AGMK jamoasi safida yorqin o'yinlarni namoyish etib, ko'plab gollar muallifiga aylanadi va jamoamiz tarixida o'z nomini yozib qo'yishga muvaffaq bo'ladi", - deyiladi AGMK matbuot xizmati xabarida.

Mate Vatsadze haqida qisqacha malumot:

Tug'ilgan sanasi: 1988 yil, 17 dekabr

Tug'ilgan joyi: Gruziya

Yoshi: 31

Poziciya: hujumchi

O'ynagan jamoalari: "Dinamo" Tbilisi (2005-2010, 2018), "Volga" (Rossiya, 2011), "Dila" (2012), "Orxus" (Daniya, 2012-2016), "Lokomotiv" Tbilisi (2016), "Viborg" (Daniya, 2016-2017), "Silkeborg" (Daniya, 2018), "Liepaya" (Latviya, 2019), "Qizilqum" (O'zbekiston, 2019), AGMK (O'zbekiston, 2020-...)

Reyting: -38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика