So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

AGMK Turkiyadan qaytdi va Toshkentda yig'in boshladi Yangiliklar

AGMK Turkiyadan qaytdi va Toshkentda yig'in boshladi

Teglar :  AGMK
Olmaliqliklar Turkiyaning Antaliya shahrida tashkillashtirilgan va ancha vaqt davom etgan o'quv-mashg'ulot yig'inidan qaytib keldi.

Viktor Kumikov shogirdari Antaliyada oltita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi va bularning 1tasida g'alaba, 4tasida durang hamda 1tasida mag'lubiyat qayd etdi. Jumladan, Turkmaniston chempioni “Oltin asr” (3:1) jamoasi ustidan g'alaba qozongan bo'lsa, Rossiya 2-divizioni vakili “Nefteximik” (0:2)ka imkoniyatni boy berib qo'ydi. Vengriya 2-divizion vakili “Segel-2011” (1:1), Ukrainaning “Zarya” (1:1) va “Gelios” (0:0) hamda  Gruziyaning “Rustavi” (1:1) klublari bilan durang o'ynadi.

Futbolchilar yig'in davomida to'liq jismoniy va nazariy mashg'ulotlarda ishtirok etishdi.   5 nafar legioner bilan shartnoma tuzildi. Qirg'izistonlik Pavel Matyash (“Maziya”, Maldiv orollari),  serbiyalik Vladimir Bubanya (“Zemun”, Serbiya) va Yovan Jokich (“Atirau”, Qozog'iston), moldovalik Vadim CHemirtan (“Bunyodkor”) hamda belaruslik Vladislav Kashminin.  Vadim CHemertan aynan BAAdagi yig'inga borib qo'shildi, Kashminin esa o'tgan yili ham AGMK tarkibida o'ynagan. AGMK yangi mavsumga so'nggi tayyorgarlik ishlarini ikki kunlik dam olishdan so'ng bugundan Toshkentda davom ettirishyapti. 1 martga qadar Superliga vakillaridan biri bilan so'nggi nazorat o'yinini o'tkazish rejalashtirilmoqda.  26 fevral kuni futbolchilar jismoniy normativlar topshirishadi. Bu orada yangi qabul qilingan futbolchilarni ommaga tanishtirish marosimi ham tashkillashtiriladi.

AGMK bu yil ham JOMA bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Jamoa rahbariyati tomonidan tasdiqlangan logotip singari sariq va qora ranglardagi liboslardan foydalanadi.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика