So’nggi yangiliklar

15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  0 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  4 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  0 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  0 14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  0 13:48Миш-мишларга қарамай, Маунт МЮни тарк этишни режалаштирмаяпти  3 13:20Илёс Зейтуллаев: "Самарқанддаги 3 очкони жамоавий ғалаба деган бўлардим"  2 13:02Мареска: "АҚШдаги об-ҳаво туфайли машқ қилиш деярли имконсиз"  0 12:34Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди  0 12:07"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи  0 11:39"Манчестер Сити" ҳимоячисининг дисквалификацияси узайтирилди  4 11:19Суперлига. 14-тур ҳакамлари маълум: "Насаф" – "Пахтакор" учрашувини Тўхтасинов бошқаради  26 10:40"Тоттенхэм" 20 ёшли япониялик футболчининг трансфери бўйича келишувга эришди  1 10:04Шаҳбоз Умаров “Турон“ билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси водий клуби бўлиши мумкин  7 09:33Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор  13

AGMK "SHabab Al Ahli"ga qarshi o'yinga tayyor - jamoa mashg'ulotidan maxsus galereya Yangiliklar

AGMK "SHabab Al Ahli"ga qarshi o'yinga tayyor - jamoa mashg'ulotidan maxsus galereya

Saytimiz fotomuxbiri Jahongir Fayzullaev Ar-Riyodda Osiyo chempionlar ligasi guruh o'yinlarini o'tkazayotgan AGMK jamoasining "SHabab Al Ahli"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazgan rasmiy mashg'ulotidan tayyorlagan fotoreportajini etiboringizga havola qilamiz.




















Foto: Jahongir Fayzullaev.


AGMK jamoasi matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, Zafar Polvonov bugungi mashg'ulotda ishtirok etgan. Xususan AGMK jamoasining telegramdagi kanali rasmiy mashg'ulot va o'yinoldi malumotlar haqida quyida bo'lishdi:

Jamoamiz Osiyo chempionlar ligasi 4-tur doirasidagi "SHabab Al Ahli"ga qarshi o'yinga ko'tarinki ruhda tayyorgarlik olib bordi. 

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 21:00da mashg'ulot o'tkazgan jamoamiz taktik va texnik taraflama ishladi. SHuningdek, o'tgan uchrashuvda jarohat olib maydonni tark etgan hujumchi Zafar Polvonov bugungi mashg'ulotda qatnashdi.

"SHabab Al Ahli"ga qarshi kechgan birinchi davra doirasidagi o'yinda AGMK ajoyib kambekni amalga oshirib, Jokich va Komilovning gollari evaziga OCHL guruh bosqichidagi ilk g'alabani tantana qilgandi.

OFK bo'lajak uchrashuv rasmiylarini elon qildi. Unga ko'ra, "SHabab Al Ahli"ga qarshi kechadigan ikkinchi bellashuvni eski tanish hakam iroqlik Sabah Al-Qaysi boshqaradi. Eslatib o'tamiz, mazkur hakam jamoamizning pley-off bosqichidagi "Al Garafa"ga qarshi o'yinimizda ham ishlagandi. Sabah Al-Qaysi uchun bo'lajak bahs jamoamiz ishtrokidagi ikkinchi o'yinga aylanadi.

OCHL-2021 guruh bosqichi.

"A" guruhi, 4-tur.

24 aprel, shanba.

"SHabab Al Ahli" - AGMK (23:59)

Ar-Riyod, "Qirol Fahd" stadioni.

Hakamlar: Sabah Al-Qaysi (Iroq), Hayder Ali Ubaydee (Iroq), Amir Davud Alvindavi (Iroq), Ali SHaban (Kuvayt).

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика