So’nggi yangiliklar

08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  0 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  1 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  3 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  7 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  3 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0

AGMK Qatardan g'alaba bilan qaytsa, OCHL guruh bosqichida o'ynaydigan O'zbekistonning ettinchi jamoasi bo'ladi Yangiliklar

AGMK Qatardan g'alaba bilan qaytsa, OCHL guruh bosqichida o'ynaydigan O'zbekistonning ettinchi jamoasi bo'ladi

Ertaga Qatarda "Al Garafa" va AGMK klublari o'rtasida OCHL pley-off bahsi o'tkaziladi.

Agar bu uchrashuvda Mirjalol Qosimov shogirdlarining qo'li baland kelsa, unda AGMK Osiyo chempionlar ligasi guruh bahslariga yo'llanma oladi. SHunday bo'lgan taqdirda AGMK "A" guruhidan joy olib, "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "SHabab Al Ahli" (BAA) va "Istiqlol" (Tojikiston) klublari bilan bellashadi.

Mabodo AGMK mag'lubiyatga uchrasa, unda o'z ishtirokini OFK Kubogida davom ettiradi va markazlashgan tartibdagi musobaqaning guruh bahslarini Tojikistonda "Oltin Asr" (Turkmaniston), "Xo'jand" (Tojikiston) va "Oloy" (Qirg'iziston) klublariga qarshi o'tkazadi. 

Yana bir malumot shuki, agar AGMK OCHL guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritsa, unda "Nasaf" OFK Kubogida o'ynaydi. SHu paytgacha turli yillarda O'zbekistonning oltita klubi - "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Nasaf", "Mashal" va "Neftchi" OCHL guruh bahslarida ishtirok etgan. AGMK g'alaba qozongan taqdirda guruhda o'ynaydigan ettinchi klub bo'ladi.

"Al Garafa" oxirgi marta 2018 yil Osiyo chempionlar ligasining guruh o'yinlarida qatnashgan. Bu jamoa o'tgan yil Qatar Yulduzlar ligasida to'rtinchi o'rinni egallab, OCHL pley-off yo'llanmasiga ega bo'ldi. Hozirda bu klubni Slavisa Yokanovich boshqarmoqda va uning qo'l ostida "Al Garafa"ning ishlari yaxshi ketmayapti. Xususan jamoa so'nggi 6ta uchrashuvning faqat bittasida g'alaba qozondi. 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика