So’nggi yangiliklar

04:10"Сизнингча, биз ҳаммамиз аҳмоқмиз ва терма жамоа учун яхшироқ бўлишини истамаймиз. Шундайми?"  0 03:41Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" "Брайтон"га ютқазганидан кейин: "Ўтказиб юборган иккинчи голимизда битта эмас, бир нечта хатога йўл қўйдик"  0 01:43А Серия. "Интер" ва "Лечче" ўртасидаги баҳсда иккита гол урилди  0 01:21Винисиуснинг Саудия Арабистони варианти бўйича фикри қандай? У кетмоқчими?  3 01:00Ла Лига. "Барселона" - "Атлетик Бильбао", Ямаль ва Левандовскининг голлари "Барса"га ишончли ғалаба тақдим этди  3 00:55АПЛ. Захирадан тушган Троссард икки дақиқа ичида гол уришга эришди. 2-тур ўйинлари битта саҳифада  0 00:20А Серия. "Парма" ўз уйида «Милан»ни енгди, 2-тур ўйинлари битта саҳифада  1 00:10КХДР – Ўзбекистон учрашуви қаерда бўлиб ўтиши номаълум  1 00:02Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Атлетик" устидан қийин ғалабага эришди, Ямаль гол урди  69 00:00РПЛ. ЦСКА - "Акрон", Аббос рақиб футболчисининг қошини ёрди  0 23:44АПЛ. Артета Эмеридан реванш олди. "Арсенал" Бирмингемда ишончли ғалабага эришди  12 23:34Бунақаси ҳали бўлмаган: Свиридовнинг 4та жамоаси финалда!  0 23:31"Барселона" футболчиси бугуноқ Севильяга учади. Каталонияликлар уни Ла Лига клубига ижагара бермоқда  0 22:58"Атлетико" яна битта трансферни ҳал қилди  1 22:13CAFA U-17 Championship 2024. Афғонистон Ўзбекистонни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди  14

AGMK qarshisida “Najd ricarlari” Yangiliklar

AGMK qarshisida “Najd ricarlari”

Bugun Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK klubi Saudiya Arabistonida “Al Nassr” klubi mehmoni bo'ladi.

Ushbu uchrashuv g'olibi OCHL guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. O'z ananamizga binoan o'quvchilarimizga bo'lajak raqib haqida malumot beramiz.

1955 yil Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan "Al Nassr" klubi o'tgan yil Saudiya Arabistoni chempionatida bronza medaliga ega chiqqan.

Ushbu jamoani bugungi kunda portugaliyalik Rui Vitoriya boshqarib bormoqda. U 14 yanvar kuni jamoaga bosh murabbiy etib tayinlandi. U futbolchilik faoliyati davomida asosan Portugaliya quyi divizioni klublarida o'ynagan. 2002 yildan buyon murabbiylik qilmoqda. Hozirga qadar "Benfika", "Pasush Ferreyra" va "Vitoriya Gimarayesh" klublarini boshqargan.

2013 yilda "Gimarayesh" klubi bilan Portugaliya kubogini qo'lga kiritgan. 2016 va 2017 yillarda "Benfika" bilan ikki marta Portugaliya chempioni bo'lgan, bir martadan Portugaliya kubogi hamda Portugaliya liga kubogini qo'lga kiritgan. SHu ikki yilda Portugaliya chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.




“Al Nassr” 2011, 2015 va 2016 yillarda Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etgan. Faqat 2011 yilda jamoa guruhdan chiqqan va 1/8 finalda yutqazgan.

Bu jamoa OCHLda 6 marta O'zbekiston klublariga qarshi o'yin o'tkazgan va umuman mag'lub bo'lmagan: 3 g'alaba, 3 durang.

Bugungi kunda "Al Nassr" safida avstraliyalik darvozabon Bred Jons, perulik Kristian Ramos, marokashlik Abdulrazzoq Hamdallah va Nurdin Amrabat, braziliyalik Juliano, Brunu Uvini va Petros, Nigeriya terma jamoasi hujumchisi Ahmad Musa kabi mashhur legionerlar bor. Biroq Osiyo chempionlar ligasida legionerlar limiti 3+1 bo'lgani uchun musobaqa uchun faqat 4 legioner ro'yxatdan o'tkazildi. Bular: himoyachi Maykon Roke (Braziliya), yarim himoyachi Juliano (Braziliya), Abdulrazzoq Hamdallah (Marokash) va darvozabon Bred Jons (Avstraliya).

Mahalliy futbolchilardan Yahyo Al SHehri, Omar Havsavi, Muhammad Al Sahlavi aynan shu klubda faoliyat olib borishmoqda.

Ayni paytda Saudiya Arabistoni ligasida 20ta tur ortda qoldi. "Al Nassr" 13ta g'alaba bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoa hujumchisi Abdulrazzoq Hamdallah 13ta, Juliano hozircha 7ta gol urishga erishdi. "Al Nassr" Saudiya Arabistoni chempionatida oxirgi 9ta uchrashuvning faqat bittasida mag'lub bo'ldi xolos (5 g'alaba, 3 durang va 1 mag'lubiyat).



"AL-NASSR" (Saudiya Arabistoni)
Laqabi: 
Najd ricarlari
SHahar: Ar-Riyod
Tashkil topgan sana: 1955 yil 24 oktyabr
Uy stadioni: "Qirol Fahd"
Sig'imi: 62685 tomoshabin
Klub xo'jayini: Saud Al Suvailem
Bosh murabbiy: Rui Vitoriya (Portugaliya)
Rasmiy sayti: alnassrfc.com

Sovrinlari:

Saudiya Arabistoni chempioni - 7 marta
Qirol kubogi sohibi - 6 marta
Saudiya Arabistoni Valiahd SHahzoda kubogi sohibi - 3 marta
Saudiya Arabistoni Federaciya kubogi sohibi - 3 marta
Osiyo CHempionlar kubogi – 1 marta
Osiyo Kubok egalari kubogi sohibi - 1 marta
Osiyo Superkubogi sohibi - 1 marta
Fors Ko'rfazi chempionlar ligasi g'olibi - 2 marta



“Al Nassr” (Saudiya Arabistoni)
Darvozabonlar

1.Bred Jons (Avstraliya)
22.Abdulloh Al Ovayshir
31.Zayd Al Bavardi
33.Volid Abdulloh

Himoyachilar
2.Sulton Abdulloh
4.Umar Ibrohim
13.Abdulrahmon Al Obayd
18.Maykon Roke (Braziliya)
20.Hamad Faris Al Mansur
21.Muhammad Al SHanqiti
26.Abdulloh Madu
37.Naif Almas

Yarim himoyachilar
8.Yahyo Al SHehri
14.Ibrohim Muhammad
15.Ahmad Al Fraydi
16.Abdulaziz Jebrin
17.Abdulloh Haybari
25.Navaf Al Farshan
27.Avad Hamis
29.Rakan Al SHamlan
38.Fahad Al Jumeiah
39.Abdulrahmon Al Dossari
45.Faraj Al Gashayan
77.Juliano (Braziliya)

Hujumchilar
9.Abdulrazzoq Hamdallah (Marokash)
10.Muhammad Al Sahlavi
42.Firas Al Brikan
71.Abdulloh Al Salim


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика