So’nggi yangiliklar

23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  1 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  0 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  0 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  2 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  5 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  6

AGMK: O'zbekiston kubogidagi yangi raqibga qarshi o'yin prevyusi Yangiliklar

AGMK: O'zbekiston kubogidagi yangi raqibga qarshi o'yin prevyusi

Ertaga AGMK O'zbekiston kubogi doirasida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi nimchorak final o'yinini o'tkazadi.

O'yin qura natijasiga ko'ra mehmonda o'tadi. Etiborga molik tarafi, bu ikki jamoalar O'zbekiston kubogi doirasida ilk marotaba to'qnash kelishmoqda. Bunga qadar AGMK va "Lokomotiv" milliy chempionat va O'zbekiston superkubogida bahs yuritgan.

O'zaro o'yinlar statistikasiga ko'ra, o'tkazilgan 26 o'yinda "Lokomotiv" 17 g'alabani tantana qilgan, AGMK esa 5 marotaba "temiryo'lchilar"dan ustun kelgan. Qolgan 4 bellashuvda g'olib nomi aniqlanmagan. To'plar nisbati: 52-30, "Lokomotiv" foydasiga.

Joriy mavsum AGMK "Lokomotiv" bilan ikki marotaba to'qnash kelib, markazlashtirilgan holatda o'tkazilgan birinchi davra bahsida 3:1 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, "Lokomotiv" uyidagi bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobida yutdi.

AGMK 2004 yildan etiboran mamlakat kubogi musobaqasida ishtirok etib kelmoqda. AGMK O'zbekiston kubogidagi o'tkazilgan jami 44 o'yinda 17 g'alaba, 9 durang va 18 mag'lubiyat qayd etgan. AGMK jamoasining O'zbekiston kubogidagi to'plar nisbati quyidagi ko'rinishda: 62-63.

"Lokomotiv"ga qarshi o'yin haqidagi yana bir qiziq jihat, joriy mavsumdagi uchta o'yin AGMK jamoasi uchun begona maydonda o'tmoqda. CHempionat doirasidagi birinchi davra o'yini neytral maydonda o'tgandi, ikkinchi davrada esa "Lokomotiv" o'yingohida mehmon bo'lgan AGMK kubok bahsida ham ertaga ushbu stadionga boradi.

Uchrashuv 8 dekabr kuni soat 14:00da boshlanadi. G'olib jamoa O'zbekiston kubogidagi yurishini davom ettirib, chorak finalga yo'llanma oladi.


O'zbekiston kubogi, 1/8 final.

8 dekabr, seshanba

"Lokomotiv" — AGMK (14:00)

Hakamlar: Akobirxo'ja SHukurullaev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Ahmadjon Ergashev

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Laziz Qo'chqorov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика