AGMK Martin Boake bilan shartnomani uzaytirdi
23 iyu 2022 16:55
Yangiliklar
AGMK Martin Boake bilan shartnomani uzaytirdi
Olmaliqning AGMK klubi italiyalik hujumchi Martin Boake bilan shartnomani uzaytirdi.
"Italiyalik hujumchi jamoamiz bilan mehnat bitimini yana 1 yilga uzaytirdi.
2021 yilgi mavsumning o'rtasidan jamoaga kelgan Martin Boake AGMK tarkibida 33 o'yinda 12 gol muallifiga aylangan.
AGMK futbol klubi Martin Boake bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga qaror qildi. SHu tariqa, Boake 2023 yilning oxirigacha jamoamiz safida qoladi.
Umid qilamizki, Martin AGMK safida ko'plab gollar uradi va katta muvaffaqiyatlarga erishadi.
Forza, Martin!", — deyiladi klub xabarida.
Fikrlar