AGMK koronavirusga test topshirdi
11 iyu 2020 20:39
Yangiliklar


AGMK koronavirusga test topshirdi
Superliganing 4-turi doirasidagi “Qizilqum”ga qarshi o'yin oldidan AGMK jamoasi vakillari - murabbiylar, futbolchilar, rahbariyat tarkibi va barcha qarorgohda xizmat qiluvchi xodimlar, jami 48 kishi Covid-19ga test topshirdi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga qarashli SEOM xodimlari klub istiqomat qilayotgan qarorgohda belgilangan tartibda jamoa vakillaridan test tahlillarini olishdi.
Tahlil natijalariga ko'ra, barcha 48 nafar vakillarda koronavirus infekciyasi yo'qligi aniqlandi va endilikda jamoa “Qizilqum”ga qarshi o'yinni o'tkazish uchun Navoiyga yo'l olishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar