So’nggi yangiliklar

13:13Мундиал тугади. Кутилганидек, Бразилия - чемпион!  0 12:52Хаби Алонсо Клублар ўртасидаги ЖЧ "Реал" бош мураббийи бўлади  3 12:23"Реал" КЖЧ олдидан янги ҳимоячилар билан шартнома имзолайди  15 11:57"Навбаҳор" "Хоразм" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 11:35​"Наполи" Осимхен ўрнини ким билан тўлдириши маълум  0 11:11"Манчестер Юнайтед" ходимлари Европа Лигаси финалига бепул чипта олмайди  2 10:30МЮ 51 йиллик антирекордни янгилади  4 09:57“Барселона“га қарши ўйинда ҳакам икки марта “Реал“ фойдасига қўпол хатога йўл қўйган — Archivo VAR  69 09:25Ўзбекистон кубоги. Бугун ярим финалнинг дастлабки учрашувлари бўлиб ўтади  0 08:52Мавсумдаги 4-“Эл Классико“да ғалаба қозонган Флик кеча нималар деди?  34 08:21Францияда мавсумнинг энг яхшилари аниқланди. Рамзий термадан 9 нафар ПСЖ футболчиси жой олди  3 07:51Мбаппе "Реал"нинг барча даврларидаги рекордини янгилади  19 07:22Анчелотти кечаги мағлубият сабабларини маълум қилди  23 07:00Суперлига. "Сўғдиёна"ни Қобилов, "Машъал"ни эса Муртазоев мағлубиятдан қутқарди, "Навбаҳор" эса битта гол билан ғалабага эришди  0 02:12Сергей Лушан: "Битта голдан сўнг футболчиларни яна ҳужум қилишга мажбурлай олмаяпмиз"  7

AGMK Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatlari tarixida ilk bor g'alaba qozondi Yangiliklar

AGMK Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatlari tarixida ilk bor g'alaba qozondi

Tailand poytaxti Bangkokda futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Bugun 2-tur bellashuvlariga start berildi.

Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati. AGMK ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi

O'zbekiston chempioni AGMK bugun Iroqning "Naft al-Vasat" klubini 5:3 hisobida mag'lub etdi. Bu mamlakatimizning so'nggi 4 yildagi chempionining qita doirasidagi musobaqadagi birinchi g'alabasi bo'ldi. Bungacha olmaliqliklar ushbu turnirda uch bor qatnashishgan va biror marta ham g'olib bo'lishmagan edi. Jamoa 2016 yil guruhdan chiqqan. Ammo, o'shanda Aleksandr Petrov shogirdlariga Livanning "Al Mayadin" klubi bilan o'yindagi 2:2 hisobi pley-off uchun etarli bo'lgan. To'plar nisbatiga ko'ra yakunda AGMK livanliklardan tepada bo'lgan va ikkinchi o'rin bilan 1/4 finalga yo'l olgan. CHorak finalda esa Tailandning "CHonburi Bluveyv" jamoasiga 1:4 hisobida imkoniyat boy berilgan.


AGMKning Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatidagi natijalari:

2016 yil. Tailand, Bangkok

"B" guruhi

1-tur, 15.07.2016

"Tasisat Daryoi" (Eron) - AGMK 4:3

Gollar: Husseyn Toyibi 4, 38, Abbosi 17, 32 - Farhod Abdumavlonov 12, 13, Javlon Anorov 39

2-tur, 16.07.2016

"Al Mayadin" (Livan) - AGMK 2:2

Gollar: Takaji 4, 20 - Jamoliddin SHaripov 3, Konstantin Sviridov 31

CHorak final, 19.07.2016

"CHonburi Bluveyv" - AGMK 4:1

Gollar: Jetsada CHudech 12, Subhavut Tuenklang 14, Jiravat Sornvichian 17, Xara 36 - Jamoliddin SHaripov 1


2017 yil. Vetnam, Xo SHi Min

"D" guruhi

2-tur, 23.07.2017

AGMK - "Bank Beyrut" (Livan) 3:8

Gollar: Dilshod Irsaliev 18, Artur Yunusov 22, Serhan 38 (avt.) - Tomich 5, 30, Serhan 12, Hammud 26, Zeid 30, Din 35, K.Sviridov 38 (avt.), Jafari 40

3-tur, 25.07.2017

"CHonburi Bluveyv" (Tailand) - AGMK 5:0

Gollar: Kritsada Vongkaeo 1, Suphavut Tuenklang 34, Ronnachai 36, Peerapat 38, Apivat CHarmcharoen 40


2018 yil. Indoneziya, Jokyakarta

"D" guruhi

1-tur, 02.08.2018

"Bank Beyrut" (Livan) - AGMK 4:1

Gollar: El-Din 8, Mehdi Javid 9, 22, 39 - SHuhrat Tojiboev 28

2-tur, 04.08.2018

AGMK - "Mes Sungun" (Eron) 1:9

Gollar: Akbar Usmonov 14  Izzati 5, Husseyn Toyibi 9, 9, 27, 40, Ali Asqar Hassanzoda 13, Tagizoda 17, Fahimzoda 19, Orouji 30

3-tur, 06.08.2018

AGMK - "Sipar Xo'jand" (Tojikiston) 1:2

Gollar: Jamoliddin SHaripov 40 - Vositzoda 27, Kuziev 29


AGMK futzal klubidan nima kutamiz?


2019 yil. Tailand, Bangkok

"B" guruhi

1-tur, 07.08.2019

"Tay Son Nam" - AGMK 4:1

Gollar: Nguyen Min Tri 11, SHimizu 21, Tran Tai Hay 29, 33 - Akbar Usmonov 6

2-tur, 09.08.2019

AGMK — "Naft al-Vasat" 5:3

Gollar: I.Ropiev 14, 25, 31, H.Nishonov 39 A.Rahmatov 29 - Angellot 13, 40, G.Riyad 40


AGMKning musobaqadagi umumiy statistikasi

Jami: 10ta o'yin - 1 g'alaba, 1 durang, 8 mag'lubiyat

To'plar nisbati: 18-45

Bugungi o'yinda ancha yoshartirilgan AGMK yaxshi o'yin namoyish etdi va bu narsa ularning uchinchi turda ham ijobiy natija qayd etishlariga umid qilish mumkinligini anglatayotgandek. Umid qilamizki, Petrov shogirdlari pley-off yo'llanmasini qo'lga kirita olishadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика