AGMK jamoasi normativ testlarni topshirdi
17 iyu 2019 11:31
Yangiliklar


AGMK jamoasi normativ testlarni topshirdi
Olmaliqning AGMK jamoasi Superliganing ikkinchi davrasiga taraddud ko'rish jarayoni doirasida kecha O'FA Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo'limi tomonidan o'tkazilgan normativ testlarni topshirdi.
Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo'limi xodimi pedagogika fanlari nomzodi, professor SHamil Iseev boshchiligidagi mutaxassislar 16 iyul kuni Qibraydagi stadionda AGMK futbolchilaridan normativ testlarni qabul qilishdi.
AGMK futbolchilari 30 metrga yugurish, uzunlikga sakrash, 7x50 metrga yugurish singari testlarni topshirishdi.
Qayd etish kerakki, AGMK jamoasi safiga kelib qo'shilgan Elguja Grigalashvili kichik jarohati bois o'tgan kungi umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etolmagandi. Ayni paytda esa futbolchining holati yaxshilanib bormoqda va gruziyalik futbolchi mashg'ulotlarni qayta tikladi va normativ testini topshirdi.
Foto: Jahongir Fayzullaev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar