So’nggi yangiliklar

12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  1 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  3 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  10 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  12 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11

AGMK jamoasi bronza medallari bilan taqdirlandi Yangiliklar

AGMK jamoasi bronza medallari bilan taqdirlandi

Teglar :  AGMK
Bugun Olmaliq shahridagi Metallurg Madaniyat Saroyida O'zbekiston milliy chempionatida tarixda ilk bor sovrinli uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan AGMK jamoasiga bronza medallari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda Olmalik Kon Metallurgiya Kombinati boshqaruv raisi, klub prezidenti — Xursanov Abdulla Xolmuradovich so'z olib, murabbiylar shtabi va futbolchilarni mavsumda erishgan tarixiy muvaffaqiyat bilan samimiy tabrikladi hamda kelgusi mavsumda xalqaro maydonda mamlakatimiz shanini munosib himoya qilishlari yo'lida omad tiladi.

SHu o'rinda AGMK jamoasi bosh murabbiyi — Mirjalol Qosimov ham so'zga chiqib, qiyin o'tgan pandemik sharoitga qaramasdan doimo qo'llab-quvvatlab kelgan OKMK va «SFI Management Group» kompaniyasi rahbariyatiga jamoa nomidan alohida rahmat aytdi. SHuningdek, Mirjalol Qosimov jamoani yil davomida qo'llab-quvvatlab kelgan muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

SHundan so'ng tadbirda so'zga chiqqan O'FA vice-prezidenti SHoakram Isroilov AGMK jamoasini bronza medallari bilan tabriklab, kelasi mavsumda xalqaro arenada muvaffaqiyat tiladi.

Tantanali taqdirlash marosimida OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov, OKMK ijtimoiy masalalar bo'yicha boshqaruv raisining o'rinbosari Ulug'bek Fayazov, Olmaliq shahri hokimi Qobilbek Hamdamov, O'FA vice-prezidenti SHoakram Isroilov va O'FA Bosh kotibi Avaz Maksumov AGMK jamoasi murabbiylar shtabi, klub rahbariyati, futbolchilar va xodimlarga bronza medallarini topshirishdi.

So'ngra klub matbuot xizmati tomonidan o'tkazilgan «Muxlislar etirofi» nominaciyalari bo'yicha g'olib chiqqanlarga o'z sovrinlari topshirildi.

• «Eng yaxshi darvozabon» — Valijon Rahimov

• «Eng yaxshi himoyachi» — Sardor Rahmonov.

• «Eng yaxshi yarim himoyachi» — Jasur Umarov.

• «Eng yaxshi hujumchi» — Zafar Polvonov.

• «Eng chiroyli gol muallifi» — Sanjar Tursunov.

• «Eng yaxshi futbolchi» — Bobur Yo'ldoshev.


AGMK klubi tomonidan Olmaliq shahar hokimi Qobilbek Hamdamov, «SFI Management Group» kompaniyasi masullariga va kombinat rahbariyatiga minnatdorchilik tariqasida esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Tadbirda «Matonat» nogironlar futbolini rivojlantirish markazi masullari ham ishtirok etishdi va ularni yil davomida qo'llab-quvvatlagan kombinat rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishdi. SHuningdek, OKMK rahbariyatiga «Matonat» jamoasining esdalik sovg'alari topshirildi.

SHuningdek, OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov «Matonat» jamoasi futbolchilari haqiqiy mardlik timsoli ekanligini takidlab, kombinat ularni doim qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

Tadbir davomida «Metallurg» Madaniyat Saroyi badiiy jamoalari o'z dasturlari bilan chiqish qilishib, zalda yig'ilganlarga madaniy hordiq taqdim etishdi.

SHundan so'ng AGMK jamoasi to'liq delegaciya bilan kombinatga tashrif buyurib, ishchilar bilan uchrashuv o'tkazdi va bevosita kombinatdagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Kombinat ishchilari esa o'z navbatida joriy yil Olmaliq shahrining tom manodagi qahramonlariga aylangan AGMK jamoasi bilan esdalik suratlarini tarixga muhrlashdi. Uchrashuv samimiy ruhda va alo kayfiyatda o'tdi.





Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика