So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  244 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

AGMK futzal klubidan nima kutamiz? Yangiliklar

AGMK futzal klubidan nima kutamiz?

Bugun Tailand poytaxti Bangkokda futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga start berildi.

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi

17 avgustga qadar davom etadigan musobaqada OFK tarixida ikkinchi marta 16ta jamoa ishtirok etadi. Malumki, o'tgan yil Indoneziyada bo'lib o'tgan futzal bo'yicha qita birinchiligida ham 16ta jamoa qatnashgandi. Mamlakatimiz sharafini ketma-ket to'rtinchi marta Olmaliqning AGMK futzal klubi himoya qiladi. 

Ishtirokchilar haqida eslatma 

27 iyun kuni Kuala Lumpurda joylashgan OFK shtab-kvartirasida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qura tashlangandi. Qura natijalariga ko'ra, AGMK "B" guruhida Vetnamning "Tay Son Nam", Iroqning "Naft Al Vasat" hamda Qatarning "Al Rayyan" klublariga qarshi bahs olib boradi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. SHu o'rinda guruhlarni keltirib o'tsak. 

"A" guruhi: "Port FK" (Tailand), "Osh Erem" (Qirg'iziston), "SHenzen Nanling" (Xitoy), "FK Seul" (Janubiy Koreya). 

"B" guruhi: "Tay Son Nam" (Vetnam), "Naft Al Vasat (Iroq), AGMK (O'zbekiston), "Al Rayyan" (Qatar). 

"C" guruhi: "Bank Beyrut" (Livan), "Vamos Mataram" (Indoneziya), "Soro Kompani" (Tojikiston), "Viktoria Yuniversiti" (Myanma). 

"D" guruhi: "Mes Sungun " (Eron), "Nagoyya Oshinz " (Yaponiya), "Al Dafra" (BAA), "Kazma" (Quvayt). 


AGMK o'z o'yinlarini qachon o'tkazadi? 

O'zbekiston chempioni sifatida to'rtinchi bor ishtirok etadigan AGMK futzal klubi guruh bahslarini bugun 15:00da boshlaydi. Dastlabki raqib: Vetnamning "Tay Son Nam" futzal klubi. Aytish mumkinki, bu jiddiy raqib hisoblanadi. Aleksandr Petrov shogirdlari 2-tur uchrashuvini 9 avgust kuni Iroqning "Naft Al Vasat" jamoasiga qarshi o'tkazishadi. 3-tur bellashuvi esa 11 avgustda Qatarning "Al Rayyan" klubi bilan kechadi. 

SHu o'rinda AGMKning musobaqaga yo'l olgan tarkibi keltirib o'tsak. Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati reglamentiga ko'ra, har bir klub 14 nafar futzalchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin va ulardan ikki nafari darvozabon bo'lishi shart. AGMK Tailandga 14 futzalchi bilan yo'l oldi. 

Darvozabonlar: Rustam Umarov, Abbosbek O'lmasbekov. 

Futzalchilar: Mashrab Odilov, Ixtiyor Ropiev, Ilhomjon Hamroev, Husniddin Nishonov, Dilshod Rahmatov, Davron Valijonov, Alan Aminov, Akbar Usmonov, Temur Berdiev, Davron CHoriev, Islombek Biyto'raev, Anasxon Rahmatov. 

Bosh murabbiy: Aleksandr Petrov.


Musobaqa tarixiga nazar 

Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bu yil 10-bor tashkil etilmoqda. Bu o'ziga xos kichik yubiley hisoblanadi. Ushbu turnir ilk bor 2010 yil Eronning Isfahon shahrida o'tkazilgan. Musobaqaning amaldagi chempioni ham Eron vakili "Mes Sungun" jamoasi. 

"Mes Sungun" o'tgan yil AGMK bilan bitta guruhda bahs olib borib, 9:1 hisobida zafar quchgandi. SHu o'rinda musobaqa tarixini qisqacha yodga oladigan bo'lsak, 2010 yil o'tkazilgan ilk chempionatda 10ta jamoa qatnashgan. Keyinchalik qatorasiga to'rt yil 8tadan klub qatnashdi va 2015-2016 yillarda 12ta jamoa ishtirokida o'yinlar o'tkazildi. 2017 yil Vetnamda bo'lib o'tgan turnirda 14ta jamoa qatnashgandi. O'tgan yildan ishtirokchilar soni oshirilib 16taga etkazildi. 

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati yo'lga qo'yilganidan beri O'zbekistondan muntazam futzal jamoalari ishtirok etib kelmoqda. Eng yaxshi natijani 2012 yil Toshkentning "Ardus" futzal klubi qayd etgan. Quvaytda bo'lib o'tgan musobaqada "Ardus" finalga qadar etib borib, hal qiluvchi bahsda Eronning "Giti Pasand" klubiga 1:2 hisobida yutqazib qo'ygan. SHundan beri O'zbekiston futzal klublari finalga chiqa olishmayapti. 

Barcha g'oliblar kimlar? 

Albatta, futzal ixlosmandlarini kimlar chempion bo'lgani qiziqtirishi shubhasiz. SHu paytgacha 9 bor o'tkazilgan klublar o'rtasidagi futzal bo'yicha Osiyo chempionatida to'rt marta Eron, uch marta Yaponiya va ikki bor Tailand klublari zafar quchgan. Umuman olganda musobaqada jami 11ta mamlakat vakillari ishtirok etgan. Bu yil musobaqa tarixida ikkinchi marta Janubiy Koreyadan ham jamoa qatnashadi. Musobaqaning barcha g'oliblari bilan tanishing: 

2010 yil. "Fulad Mahan" (Eron, musobaqa o'tkazilgan joy: Isfahon, Eron)

2011 yil. "Nagoyya Oshins" (Yaponiya, musobaqa o'tkazilgan joy: Doha, Qatar)

2012 yil. "Giti Pasand" (Eron, musobaqa o'tkazilgan joy: Kuvayt, Quvayt)

2013 yil. "CHonburi Blyuveyv" (Tailand, musobaqa o'tkazilgan joy: Nagoya, Yaponiya)

2014 yil. "Nagoya Oshins" (Yaponiya, musobaqa o'tkazilgan joy: CHengdu, Xitoy)

2015 yil. "Tasisat Daryoi" (Eron, musobaqa o'tkazilgan joy: Isfahon, Eron)

2016 yil. "Nagoya Oshins" (Yaponiya, musobaqa o'tkazilgan joy: Bangkok, Tailand)

2017 yil. "CHonburi Blyuveyv" (Tailand, musobaqa o'tkazilgan joy: Xoshimin, Vetnam)

2018 yil. "Mes Sungun" (Eron, musobaqa o'tkazilgan joy: Yogyakarta, Indoneziya) 

O'zbekistondan kimlar qatnashgan? 

Yuqorida aytib o'tganimizdek, futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati barcha final bosqichlarida O'zbekistondan doim jamoa qatnashgan. Hammasi bo'lib to'rtta jamoa musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan. Bular - "Ardus" (2011, 2012, 2013), "Lokomotiv" (2014, 2015), AGMK (2016, 2017, 2018) va "Stroitel" (2010). 

AGMKning mazkur ishtiroki to'rtinchisi ekanini hisobga olsak, bu borada olmaliqliklar yakka peshqadam bo'lib olishdi. To'rtta jamoadan faqat ikkitasi turli yillarda guruhdan chiqishni uddalagan. "Ardus" 2012 yil finalga qadar etib borgan bo'lsa, 2016 yilgi musobaqada AGMK ham guruhdan chiqqan, biroq chorak finalda mag'lub bo'lib qaytgan. 

Musobaqa laureatlari 

Har bir turnir yakuniga etganidan so'ng g'olib va sovrindorlar taqdirlanishidan tashqari musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi hamda to'purari etirofga loyiq ko'riladi. SHu paytgacha o'tkazilgan 9ta musobaqaning oltitasida eronlik futzalchilar "Eng yaxshi futzalchi" deb topilgan. SHuningdek, "Eng yaxshi to'purarlar" ro'yxatida ham Eron peshqadamlik qilmoqda. O'tgan yil eng yaxshi futzalchi hamda to'purar deb topilgan Mehdi Javid eronlik bo'lgani bilan musobaqada Livanning "Bank Beyrut" jamoasi sharafini himoya qilgan. 

"Eng yaxshi futzalchilar" ro'yxati: 

2010 yil. Vohid SHamsayi (Eron, "Fulad Mahan")

2011 yil. Muhammad Keshavarz (Eron, "SHahid Mansuri")

2012 yil. Muhammad Keshavarz (Eron, "Giti Pasand")

2013 yil. Supxavut Tueanklang (Tailand, "CHonburi Blyuveyv")

2014 yil. Kaoru Morioka (Yaponiya, "Nagoya Oshins")

2015 yil. Vohid SHamsayi (Eron, "Tasisat Daryoi")

2016 yil. Farhad Tavakoli (Eron, "Naft Al Vasat")

2017 yil. Ali Asgar Hassanzoda (Eron, "Giti Pasand")

2018 yil. Mahdi Javid (Eron, "Bank Beyrut" (Livan) 


"Eng yaxshi to'purarlar" ro'yxati: 

2010 yil. Vohid SHamsayi (Eron, "Fulad Mahan", 17 gol)

2011 yil. Ali Asgar Hassanzoda (Eron, "Al Rayan", 10 gol)

2012 yil. Ahmad Ismoilpur (Eron, "Giti Pasand", 9 gol)

2013 yil. Kaoru Morioka (Yaponiya, "Nagoya Oshins", 8 gol)

2014 yil. Kaoru Morioka (Yaponiya, "Nagoya Oshins", 5 gol)

2015 yil. Vohid SHamsayi (Eron, "Tasisat Daryoi", 10 gol)

2016 yil. Jiravat Sornvichian (Tailand, "CHonburi Blyuveyv", 7 gol)

2017 yil. Jiravat Sornvichian (Tailand, "CHonburi Blyuveyv", 9 gol)

2018 yil. Mahdi Javid (Eron, "Bank Beyrut" (Livan), 12 gol) 

O'zbekistonlik futzalchilar orasida Dilshod Irsaliev jami 9ta gol urgan. U "Ardus" va AGMK klublarida o'ynab shu natijaga erishgan. Hozircha bu bizning futzalchilar orasida eng yaxshi ko'rsatkich bo'lib turibdi. Yana bir malumot shuki, Farrux Zokirov 2010 yil "Stroitel" tarkibida Qirg'izistonning "Oltin tosh" klubi darvozasiga uchta to'p kiritgan. 

2012 yil "Ardus" safida harakat qilgan Dilshod Irsaliev Tailandning eng nomdor futzal klubi "CHonburi Blyuveyv" darvozasini to'rt bor aniq nishonga olgan. O'sha o'yinda vakillarimiz 9:2 hisobida zafar quchishgan. 

Bu yil o'z tarixida to'rtinchi bor ishtirok etadigan AGMK afsuski oxirgi ikki yildan beri faqat mag'lubiyatga uchrab kelmoqda. Aleksandr Petrov boshqaruvidagi jamoa o'tgan ikkita musobaqada jami 5ta o'yin o'tkazib, hammasida imkoniyatni boy bergan. To'plar nisbati 6-28. SHunga qaramay klub rahbariyati yana Petrovga ishonch bildirdi. Ko'ramiz, AGMKning bu yilgi natijasi qanday ko'rinish olarkin.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика