So’nggi yangiliklar

14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  2 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  3 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  6 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  15 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1

AGMK "Buxoro"ni mag'lub etdi, ertaga "Paxtakor" bilan o'yin Yangiliklar

AGMK "Buxoro"ni mag'lub etdi, ertaga "Paxtakor" bilan o'yin

Teglar :  AGMK Superliga
Tayyorgarlik doirasida kecha AGMK jamoasi "Jar" stadionida "Buxoro" bilan nazorat uchrashuvida maydonga chiqdi.

Bu haqda AGMK futbol klubi matbuot xizmati xabar qildi.

"Har kuni ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazayotgan jamoamiz kecha Toshkentdagi "Jar" o'yingohida "Buxoro" bilan nazorat o'yini o'tkazishdi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi  murabbiylar shtabi birinchi bo'limda odatdagidek 4-3-3 taktik sxemasida muvofiq maydonga quyidagi tarkibni tushirishdi: Suhrob Sultonov - Saydullo Rahmatov, Vladislav Kasminin, Igor Zonich, Akmal SHorahmedov - Erkin Boydullaev, Mirjamol Qosimov, Jasur Umarov - Sanat SHixov, Jasur Hakimov, Murod Toshmatov.

Birinchi bo'limda jamoamiz katta ustunlik bilan o'ynadi va "Buxoro" darvozasi oldida qator vaziyatlar yaratdi. Bazi vaziyatlarda oxirgi zarbani berishda aniqlik etishmagan bo'lsa, raqib posboni ham kerak paytda jamoasini goldan qutqarib turdi. Biroq birinchi bo'limning 40-daqiqasida jamoamiz kombinacion hujumi samarasi o'laroq Jasur Hakimov boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi - 1:0.

Ikkinchi taymda esa jamoamiz quyidagi tarkibda o'yinni davom ettirdi: Akbar To'raev - Sardor Rahmonov, SHerzod Fayziev, Bobur Yuldoshev, Mirg'iyos Sulaymonov - Dilshod Jo'raev, G'ulomHaydar G'ulomov, Kamron Saidazimov (SHohnazar Norbekov) - SHahzod Nurmatov, Zafar Polvonov, Zohir Pirimov.

Tanaffusdan keyin ham o'yin nazorati va bellashuvdagi ustunlik jamoamiz tarafida bo'ldi. Ikkinchi bo'limda ham hujumdagi faollik so'nmadi. Ammo darvozani ishg'ol etish birinchisida bo'lgani kabi faqatgina bir marta nasib etdi. Burchak zarbasidan to'pni o'zaro o'yinga kiritgan G'ulomov va Jo'raev ishlanmasidan so'ng G'ulomHaydar G'ulomov chamasi 18 metrlar masofadan to'pni darvozaning qarama-qarshi yuqori burchagiga aniq yo'naltirdi - 2:0.

SHu tariqa jamoamiz tashabbusi va chiroyli o'yini ostida o'tgan bahsda "Buxoro" ustidan ishonchli g'alaba qozonildi.

Qayd etish kerakki, mazkur bellashuvda jamoamizda ko'rikda bo'lib turgan chernogoriyalik markaziy himoyachi Igor Zonich birinchi bo'limda o'ynadi va mudofaa chizig'ida yomon taassurot qoldirmadi. Murabbiylar shtabi ushbu futbolchini kelasi nazorat bahsida ham yana sinovdan o'tkazishadi. SHuningdek, Vladislav Kasminin, Erkin Baydullaev ham kechagi o'yinda birinchi taym boshlang'ich tarkibda harakatlanishdi. Elguja Grigalashvili esa kichik jarohati bois yakka tartibda shug'ullanib turgani va kuni kecha umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgani bois, kechagi nazorat bellashuvida ishtirok etmadi va o'yinni tribunada tomosha qildi.

Bugundan etiboran jamoamizning mashg'ulotlari yana avvalgi rejimdek ikki mahaldan davom ettiriladi. Ertaga, yani 20 iyul kuni esa "Paxtakor"ga qarshi nazorat uchrashuvi maydonga tushish rejalashtirilgan.

Mazkur bahsda ham murabbiylar shtabi jamoaning hozirgi holati haqida tegishli xulosalarni chiqarish va yangi futbolchilarning o'yini bo'yicha kerakli malumotlarni to'plab olish imkoniyatidan foydalanishadi", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика