Agentlar "Inter"ga PSJ futbolchisini taklif qilishdi
27 apr 2020 19:43
Yangiliklar


Agentlar "Inter"ga PSJ futbolchisini taklif qilishdi
Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Edinson Kavani faoliyatini "Inter"da davom ettirishga tayyor.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, yozda PSJ bilan shartnomasi tugaydigan 33 yoshli futbolchining agenti "neradzurri"ga taklif bilan chiqqan. Futbolchining o'zi ham faoliyatini Evropada davom ettirishni istamoqda. Unga Antonio Kontening o'yin uslubi yoqar ekan.
Biroq "La Gazzetta dello Sport" nashri PSJ va Kavani hamkorlikni bir yilga uzaytirishi mumkinligi haqida malumotlar tarqatgandi. SHunday bo'lgan taqdirda "Inter"dan ijaraga olingan Mauro Ikardi Milanga qaytadi.
Edinson joriy mavsum Parij jamoasi tarkibida 22ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar